DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YANGIHAYOT, SHAYXONTOHUR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YANGIHAYOT, SHAYXONTOHUR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


Yangihayot tumani “Ibrat” mahallasi hududida joylashgan o’rta bosim gaz taqsimlash punkitini ta’mirlash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 24 - noyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha "Olchazor", "Birlik", "Sergeli 11", "Lutfikor" ko’chalaridagi 320 ta yerli xonadonlar hamda 7 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shayxontohur tumani, “Ipakchi” mahallasi hududidagi tabiiy gaz iste’molchilarining gaz bosimini yaxshilash maqsadida o’rnatilgan qo’shimcha gaz taqsimlash punkitini gaz tarmog’iga ulash ishlari “Shayxontohurtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 24 - noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar "Nurobod" ko‘chasidagi 43 ta xonadonlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati


Report Page