DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YANGIHAYOT, SERGELI, MIROBOD TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YANGIHAYOT, SERGELI, MIROBOD TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan “Oqqo’rg’on” ko’chasida joylashgan o’rta bosim D - 76 mm yer usti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 28 - oktabr kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar “Oqqo’rg’on”, Oydin, Ismoilova ko’chalaridagi xonadonlarda hamda ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Sergeli tumani “Xonabod” mahallasida yangi qurilgan oilaviy poliklinikani gazlashtirish uchun D - 57 mm yangi gaz quvurini, mavjud D - 100 mm o’rta bosim gaz quvuriga ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Sergelitumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 27 - oktabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha ushbu manzildagi 17 ta ko’p qavatli uydagi 1337 ta xonadon hamda 5 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Mirobod tumani “Parvona” 1 - tor ko’chasidagi yer usti D - 76 mm past bosim gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Mirobodtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 27 - oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar ushbu manzildagi 16 ta xonadon hamda 2 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page