DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YAKKASAROY,YANGIHAYOT,MIROBOD,SERGELI TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YAKKASAROY,YANGIHAYOT,MIROBOD,SERGELI TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


Yakkasaroy tumani, “Dilbuloq” mahallasi, Usmon Nosir 1 - tor ko’chasida xalqalangan gaz quvurlarini ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yakkasaroytumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 3 - noyabr kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar “Dilbuloq” mahallasi, “Qushbegi” ko’chasida hamda ushbu manzillardagi 4 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Shuningdek, Yangihayot tumani, “Daryo bo’yi” mahallasi hududidagi yer usti past bosimli gaz quvurini xavfsiz joyga ko’chirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan bo’lib, 2021 - yil 3 - noyabr kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar “Daryo bo’yi” 4 - tor ko’chasidagi 82 ta yerli xonadonlarda tabbiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Mirobod tumani “Eski Otchopar” ko’chasida joylashgan o’rta bosim D - 76 mm yer usti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan bo’lib, 2021 - yil 3 - noyabr kuni soat 11:00 dan 16:00 ga qadar “Eski Otchopar” ko’chasidagi 15 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Sergeli tumani “Qo’shqo’rg’on” mahalla hududidan o’tgan yer osti D - 159 mm o’rta bosim gaz quvuridagi avariya holatini bartaraf qilish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Sergelitumangaz”gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 3 - noyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha “Qo’shqo’rg’on” mahallasidagi 1253 ta yerli xonadonlar hamda 118 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

 

Report Page