DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YAKKASAROY TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YAKKASAROY TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


Yakkasaroy tumani, Janubiy vokzal hududidagi yer osti o’rta bosim D - 400 mmli konpensator nosoz holatga kelganligi sababli, yangisiga almashtirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yakkasaroytumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 1 - noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar “Bog’ibo’ston”, 2 - berk S. Nasafiy, Hushtepa, Yakkasaroy, ko’chalaridagi 208 ta yerli, U. Nosir ko’chasidagi 30 ta ko’p qavatli uydagi 660 ta xonadonda hamda yuqorida ko’rsatib o’tilgan manzillardagi 25 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page