DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI UCHTEPA, YANGIHAYOT, SERGELI TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI 

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI UCHTEPA, YANGIHAYOT, SERGELI TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI 


Uchtepa tumani, “Algoritm” mavzesida joylashgan yer usti o’rta bosimli D - 57 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yer osti gaz quvurlari xizmati” tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022 - yil 2 - fevral kuni soat 11:00 dan 16:00 gacha ushbu manzildagi 50 ta aholi xonadonlarida hamda 1 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Shuningdek, Yangihayot tumani, Uzar ko’chasida joylashgan yer osti o’rta bosimli D - 159 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022 - yil 2 - fevral kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha Uzar ko’chasidagi 45 ta ko’p qavatli uylardagi 2520 ta xonadonda hamda 4 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Sergeli tumani, “Daryo bo’yi” mahallasidan o’tgan o’rta va past bosimli gaz quvurlarida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari “Sergelitumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan bo’lib, 2022 - yil 2 - fevral kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha ushbu mahalladagi 1199 ta xonadonda hamda 115 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt”GTF yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page