DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI UCHTEPA VA OLMAZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI UCHTEPA VA OLMAZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


2021 – 2022 yillar kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida, “Hududgaz Poytaxt”GTFning “Uchtepatumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan Uchtepa tumani Xondamir, “Jarbuloq”, Xurshid, “Taqachi” mahallalaridagi aholi isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan bir meʼyorda taʼminlash uchun mahallalarning hududlariga o’rnatilgan GTP larni o’rta bosim gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 yil 13 - avgust kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar “Degrez”, “Bogʻichinor”, “Qoryogʻdi”, “Bekobod”, “Istirohat”, Oʻtkir, “Jarbuloq”, Zulfizar, Ibrat, “Sh.Yulduzi”, “Nishab ariq”, Xondamir, Xurshid, “Sharq guli”, “Oq masjid” mahallalaridagi jami 6819 ta xonadonda hamda ushbu manzildagi 51 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.



Shuningdek, Olmazor tumani “Ziyo” koʻchasi 5 - uyda joylashgan “ELITE EDUKATION ALTERNATIVA SEHRIYO” nodavlat taʼlim muassasi hududidagi GRPni boshqa joyga koʻchirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Olmazortumangaz” gaz taʼminoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli 2021 - yil 13 - avgust kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar. “Ziyo” mahallasidagi 32 ta yerli xonadon va 1 ta ko`p qavatli uyda hamda ushbu manzildagi 5 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.


“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.



✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati


Report Page