DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI UCHTEPA, SERGELI TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI UCHTEPA, SERGELI TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


Uchtepa tumani “Taqachi” mahallasida joylashgan gaz taqsimlash punkti ma’nan eskirganligi uchun yangisiga almashtirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 2 - noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar “Beshqayrag’och”, “Ko’rkabod”, “Xojiobod”, “Latifguzar”, “Taqachi” mahallalaridagi 2771 ta yerli xonadonlar hamda 118 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Shuningdek, Sergeli tumani “Savatchi” ko’chasidan o’tgan yer usti D - 76 mm o’rta va past bosim gaz quvurlarini ta’mirlash hamda ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Sergelitumangaz”gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan bo’lib, 2021 - yil 2 - noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar “Savatchi” mahallasidagi 387 ta yerli aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.


“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

 

 

 

Report Page