DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SHAYXONTOHUR VA OLMAZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SHAYXONTOHUR VA OLMAZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI



Shayxontohur tumani, “Sebzor” va “Nurafshon” ko’chalari kesishmasidagi D – 89 mm o’rta bosim gaz quvurini ta’mirlash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Shayxontohurtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan bo’lib, 2021 - yil 2 - noyabr kuni soat 11:00 dan 16:00 ga qadar “Ko’hota” mahallasidagi 180 ta yerli aholi xonadonlar,”Sebzor” mahallasidagi 2 ta ko’p qavatli uydagi 198 ta xonadon hamda Olmazor tumani “Nurafshon” ko’chasidagi 9 ta ko’p qavatli uylardagi 208 ta xonadon va ushbu manzillardagi 3 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page