DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SHAYXONTOHUR VA OLMAZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SHAYXONTOHUR VA OLMAZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Shayxontohurtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan “Sebzor” va “Nurafshon” ko’chalari kesishmasidagi D - 89 mm o’rta bosim gaz quvurini ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababali, 2021 - yil 5 - oktabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar “Ko’hota” mahallasidagi 180 ta yerli xonadonlar, “Sebzor” mahallasidagi 2 ta ko’p qavatli uydagi 198 ta xonadon hamda Olmazor tumani “Nurafshon” ko’chasidagi 9 ta ko’p qavatli uylardagi 208 ta xonadon va ushbu manzillardagi ulgurji iste’milchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

 

Shuningdek, Olmazor tumani “Eski shahar” mahalla hududida joylashgan D – 57 mm gaz quvurini harakatdagi o’rta bosim gaz quvuriga ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Olmazortumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu boisdan, 2021 - yil 5 - oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha “Eski shahar” mahallasidagi 255 ta yerli xonadon hamda ushbu manzildagi 7 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

 

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

 

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page