DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SHAYXONTOHUR TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SHAYXONTOHUR TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Shayxontohurtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan “Zangiota” mahallasi hududida obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli mavjud o’rta bosim gaz taqsimlash punktini hamda o’rta bosim yer usti gaz quvurlarini boshqa havfsiz joyga ko’chirish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 7 - oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar “Zangiota” va “Kattabog’” mahallalaridagi 500 ta xonadonda hamda ushbu manzildagi ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

 

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

 

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

 

Report Page