DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SERGELI, BEKTEMIR, YASHNOBOD TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SERGELI, BEKTEMIR, YASHNOBOD TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


Sergeli tumani "Qururvchilar" mavzesida joylashgan o’rta bosimli D - 76 mm yer usti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yer osti gaz quvurlari xizmati” tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 12 - noyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha "Quruvchilar" mavzesidagi 9 ta ko’p qavatli uylardagi 592 ta xonadonlar, 95 ta yerli xonadonlar hamda 10 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Bektemir tumani Abay, "Oltintopgan" mahallalarida ta’mirlash ishlari sababli 2021- yil 12 - noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi. Abay mahallasidagi 368 ta, "Oltintopgan" mahallasidagi 827 ta yerli aholi xonadonlarida hamda ushbu manzillardagi ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Shuningdek, Yashnobod tumani Dilnur ko’chasidagi yer usti D - 76 mm past bosim gaz quvurini boshqa joyga ko’chirish ishlari "Hududgaz Poytaxt" GTFning "Yashnobodtumangaz" gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 12 - noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Dilnur ko’chasidagi 150 ta xonadonda hamda ushbu manzildagi ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

 

Report Page