DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SERGELI, BEKTEMIR, MIROBOD HAMDA TOSHKENT VILOYATI, ZANGIOTA TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI 

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SERGELI, BEKTEMIR, MIROBOD HAMDA TOSHKENT VILOYATI, ZANGIOTA TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI 


Toshkent aylanasi bo’ylab qurilayotgan metro yo’nalishiga to’g’ri kelib qolgan, Xonabod ko’chasidagi yuqori bosim D - 720 mm yer osti gaz quvurining yo’nalishini o’zgartirish hamda montaj ishlari tugatilganligi munosabati bilan harakatdagi gaz quvurini kesish va ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yer osti gaz quvurlari xizmati” tomonidan rejalashtirilmoqda. Shu sababli, 2022 - yil 31 - yanvar kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha Toshkent viloyati, Zangiota tumanida, Toshkent shahar, Sergeli tumanida hamda Bektemir va Mirobod tumanlari kesishmasidagi Baratxo’ja, Qo’yliq ovul, Badaxshon ko’chalaridagi aholi xonadonlarida hamda ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt”GTF yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page