DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI OLMAZOR VA UCHTEPA TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI OLMAZOR VA UCHTEPA TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Olmazortumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan Mirpo’latov ko’chasidagi o’rta bosim D - 219 mm yer osti gaz quvurini ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 12 - oktabr kuni soat 10:00 dan 17:30 ga qadar “Taraqqiyot”, “Qora saroy” mahallaridagi 870 ta yerlik xonadon, “Qora qamish” 1/1, 1/2, 1/3 mahallalaridagi 105 ta ko’p qavatli uylardagi 5296 ta xonadon hamda ushbu manzillardagi 9 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Shuningdek, Uchtepa tumani “Zarafshon” mahallasidagi 14 - 10 /242 - sonli o’rta bosim gaz taqsimlash punktini boshqa xavfsiz joyga ko’chirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 12 - oktabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar “Zarafshon” 7 - tor ko’chasidagi aholi xonadonlarida hamda 10 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

 

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page