DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI MIRZO ULUG’BEK, UCHTEPA, YAKKASAROY, OLMAZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

Mirzo Ulug’bek tumani, Sayram ko’chasidagi yer usti gaz quvurlarini tartibga keltirish ishlari "MirzoUlug'bektumangaz" gaz ta'minoti bo'limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022-yil 16-mart kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha Buyuk ipak yo’li, Olmachi ko’chalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi.
Uchtepa tumani, “Qo’rg’ontepa mahallasi hududidan o’tgan past bosimli D-89 mm yer usti gaz quvurini xavfsiz joyga ko’chirish ishlari “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan bo’lib, 2022-yil 16-mart kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha ushbu mahalladagi 500 ta yerlik aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.
Shuningdek, Yakkasaroy tumani, M.Tarobiy ko’chasida joylashgan yer usti o’rta bosimli D-57 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yer osti gaz quvurlari xizmati” tomonidan rejalashtirilgan bo'lib, 2022-yil 16-mart kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha ushbu mazildagi 1 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi.
Olmazor tumani, Kichik xalqa avtomobil yo’li ko’chasida joylashgan yer osti o’rta bosimli D-57 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu boisdan, 2022-yil 16-mart kuni soat 11:00 dan 15:00 gacha “Miskin” mahallasida, Usta Olim, Usta Shirin ko’chalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.
✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati