DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI MIRZO ULUG’BEK TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI MIRZO ULUG’BEK TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida, “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Mirzo Ulug’bektumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan “Asaka” ko’chasidagi yer osti D - 108 mm o’rta bosim gaz quvurini boshqa joyga ko’chirish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 22 - sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar “Asaka” ko`chasidagi 120 ta yerli xonadonlar “Salar” 1 ,2 ,3 - tor ko’chalaridagi 50 ta yerli xonadonlar M.Gandi 1, 2 - tor ko’chalaridagi 65 ta yerli xonadon hamda Darxon ko’chasidagi 20 ta ko’p qavatli uylardagi 960 ta xonadon va ushbu manzillardagi ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

 “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page