DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI MIRZO ULUG’BEK TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI MIRZO ULUG’BEK TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


2021-2022 yillar kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida, “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Mirzo Ulug’bektumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan “Qibray” koʻchasi hududidagi yer osti oʻrta bosim D - 108 mm gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf qilish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli 2021 yil 8 – sentabr soat 10:00 dan 18:00 ga qadar "Xirmontepa", M.Yusuf, “Qibray”, “Orol”, “Buyuk ipak yoʻli” koʻchalaridagi 695 ta xonadon, “Boʻz” 1 - mavzedagi 7 ta koʻp qavatli uylardagi 180 ta xonadon hamda X. Abdullayev ko’chasidagi 2 ta ko’p qavatli uylardagi 128 ta xonadon va ushbu manzildagi 6 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati


Report Page