DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI MIROBOD TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI MIROBOD TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


Mirobod tumani, T.Shevchenko ko’chasi 62 - uyda joylashgan “Transport xavfsizligini ta’minlash bosh boshqarmasi” binosini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi o’rta bosimli gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yer osti gaz quvurlari xizmati” tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 9 - noyabr kuni soat 11:00 dan 16:00 ga qadar T.Shevchenko ko’chasidagi 31 - 33 - 35 - 64 - uylarda, “Turkiston” ko’chasidagi 8 - 10 - 12 - uylarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page