DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI CHILONZOR, YASHNOBOD TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI CHILONZOR, YASHNOBOD TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


Chilonzor tumani 20 - A mavzeda joylashgan yer usti D - 57 mm past bosimli gaz quvurini boshqa xavfsiz joyga ko’chirish ishlari “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022 - yil 10 - yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha ushbu manzildagi 8 ta ko’p qavatli uylarda hamda 2 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Shuningdek, Yashnobod tumani 3 - tor Mumtoz koʼchasida joylashgan oʼrta bosim D - 57 mm yer osti gaz quvurida hamda Oxangrabo ko’chasida joylashgan D - 50 mm o’rta bosim gaz quvuridan gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf qilish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yashnobodtumangaz” gaz taʼminoti boʼlimi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022 - yil 10 - yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha D.Usmanova, Karimova, Uysozlar, Mumtoz, Oxangrabo, Chashma, Shavkat, Sadaf, Charos, Muloyim, Tabibiy hamda Tabassum ko’chalaridagi aholi hamda ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page