DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI CHILONZOR, YANGIHAYOT TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI CHILONZOR, YANGIHAYOT TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


Chilonzor tumani 20 - A mavzeda joylashgan yer usti D - 57 mm past bosimli gaz quvurini boshqa xavfsiz joyga ko’chirish ishlari “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022 - yil 12 - yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha ushbu manzildagi 8 ta ko’p qavatli uylarda hamda 2 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Shuningdek, Yangihayot tumani Yo’ldosh mahallasi hududidagi yer osti D - 57 mm o’rta bosimli gaz quvurini ta’mirlash ishlari “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022 - yil 12 - yanvar kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha ushbu hududdagi 64 ta xonadonda hamda 2 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

 

Report Page