DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI CHILONZOR, YAKKASAROY, YASHNOBOD TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI
Chilonzor tumani, 1-mavzeda joylashgan o’rta bosim D-50 mm gaz ustunida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 18-mart kuni soat 11:00 dan 16:00 gacha Chilonzor va Yakkasaroy tumanining ba’zi hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi.
Chilonzor tumanida:
- “Novaz” MFY;
- “Beshchinor” MFY;
- “Dilobod” MFY;
- “Xalqlar do’stligi” MFY;
- ““Chilonzor”” MFY;
- “Charx kamolon” MFY;
- “2-Charx kamolon” MFY;
- “3-Charx kamolon” MFY;
- “1-Katta Chilonzor” MFY;
- “2-Katta Chilonzor” MFY;
- “3-Katta Chilonzor” MFY;
- “Navbahor” MFY;
Yakkasaroy tumanining Shohjahon ko’chasida.
Shuningdek, Yashnobod tumani, Baku ko’chasida joylashgan yer usti o’rta bosim D-108 mm gaz quvurini kesish va qayta ulash ishlari “Yashnobodtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan bo’lib, 2022-yil 18-mart kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha ushbu manzildagi ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.
✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati