DIQQAT: TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI CHILONZOR VA OLMAZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

DIQQAT: TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI CHILONZOR VA OLMAZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI


2021-2022 yillar kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida, “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Chilonzortumangaz” gaz ta`minoti bo’limi tomonidan Chilonzor tumani “1 – Qatortol” ko’chasidan o’tgan yer osti o’rta bosimli D – 108 mm gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 yil 20 avgust kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar “1-Qatortol” mahallasidagi 356 ta yerli xonadonlar, 2 ta koʻp qavatli uy, 128 ta xonadon, Lutfiy ko’chasidagi 378 ta yerli xonadonlar hamda ushbu manzildagi ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.


Shuningdek, Olmazor tumani Nozirtepa koʻchasidagi oʻrta bosimli yer osti D - 57 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 yil 23 avgust kuni soat 11:00 dan 15:00 ga qadar Dadaboyeva koʻchasidagi 150 ta yerli xonadonlarda hamda ushbu manzildagi ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.


“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 


✍️”Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati


Report Page