DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI CHILONZOR TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI CHILONZOR TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan Lutfiy ko’chasidagi D - 426 mm o’rta bosim yer osti gaz quvurini mukammal ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 11 - oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Lutfiy mahallasidagi 378 ta yerli xonadon, 2 ta ko’p qavatli uydagi 98 ta xonadon, “1 - Qatortol” mahallasidagi 356 ta yerli xonadon, 2 ta ko’p qavatli uydagi 128 ta xonadon, 8 - mavzedagi 58 ta ko’p qavatli uylardagi 2298 ta xonadon, 9 - A mavzedagi 48 ta ko’p qavatli uylardagi 1896 ta xonadonlar, 7 - mavzedagi 64 ta ko’p qavatli uylardagi 2682 ta xonadonlar hamda ushbu manzillardagi ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

 Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

 

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page