DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BEKTEMIR, YANGIHAYOT VA MIRZO ULUG'BEK TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI
2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Bektemirtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan “Nurafshon”, “Somon” bozor 1 - 2 - 3 hamda “Porloq” va “Porloq” 1 - tor ko’chalaridagi gaz ta’minotini ikki bosqichli tizimga o'tkazish maqsadida ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 19 - oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar ushbu manzildagi 380 ta yerli aholi xonadonlarida hamda 45 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.
Shuningdek, Yangihayot tumani “Ibrat” mahallasi hududida joylashgan yer usti D - 57 mm o’rta bosim,”Fayzli” mahallasidagi yer usti D - 57 mm past bosim hamda “Lutfikor” ko’chasida joylashgan past bosim D - 76 mm yer osti gaz quvurini xavfsiz joyga ko’chirish va ta’mirlash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yangihayottumangaz”gaz ta’minot bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 19 - oktabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar yuqorida ko’rsatilgan manzillarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.
“MirzoUlug’bektumangaz” gaz ta’minoti bo’limi hamda “Qurilish montaj boshqarmasi” tomonidan “Anhor” koʻchasidan o’tgan yer usti D - 76 mm oʻrta bosim gaz quvuri va gaz taqsimlash punktini boshqa xavfsiz joyga koʻchirish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 19 - oktabr kuni soat 10:00 dan 19:00 ga qadar Amir Temur ko’chasida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.
✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati