DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BEKTEMIR, SERGELI TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BEKTEMIR, SERGELI TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida, “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Bektemirtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan Bilol Nozim ko’chasida joylashgan yuqori bosim yer usti gaz quvuridagi 2 dona D - 200 mm zulfinni almashtirish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 30 - sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Bilol Nozim, Husayn Bayqaro, “Oltin topgan”, “Barkamol” ko’chalaridagi 2143 ta yerli xonadonlar, 40 ta ko’p qavatli uylardagi 1982 ta xonadonlar hamda ushbu manzillardagi ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

 

Shuningdek, Sergeli tumani “Savatchi” ko’chasidan o’tgan yer usti D - 76 mm o’rta bosim gaz quvurini ta’mirlash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Sergelitumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 30 - sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar “Savatchi” ko’chasidagi 315 ta xonadonda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

 

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

 

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

 

Report Page