DIQQAT! IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi ogohlantiradi!

DIQQAT! IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi ogohlantiradi!

 Toshkent viloyati IIBB

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, joriy yilning 10-sentyabrdan Respublikada boʻlish tartibini buzganligi uchun javobgarlikka tortiladilar.

IIBB Axborot xizmati

Xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga ilova tarzda bir nechta oʻzgartirish kiritilgan.

Unga koʻra pandemiya munosabati bilan karantin joriy etilgan hududda vaqtincha boʻlish muddati tugagan xorijiy fuqarolarga, shuningdek, ularni qabul qilgan uy-joy egalari hamda mansabdor shaxslarga nisbatan karantin muddati tugagunga qadar Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzganligi uchun maʼmuriy choralar qoʻllanilmasligi belgilangan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-avgustdagi 549-sonli qaroriga asosan, mazkur band bekor qilinib chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, joriy yilning 10-sentyabrdan Respublikada boʻlish tartibini buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻrsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Shu sababli, Respublika hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan 2021-yil 10-sentyabrga qadar vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishlarini soʻraymiz.

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi

 

 




Report Page