DIQQAT E’LON!

DIQQAT E’LON!


🔰Olmazor tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentyabrdagi "Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tumanda kasanachilik orqali ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorlar o‘rtasida "ENG NAMUNALI AYOL TADBIRKOR” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tadi.  


▪️Tanlovdan asosiy maqsad-kasanachalik orqali ish o‘rinlari tashkil etgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz xotin-qizlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish, ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini, ayniqsa, bola parvarishi bilan hamda boshqa sabablarga ko‘ra uzoq muddat uyda o‘tirib qolgan ishsiz xotin-qizlar uchun kasanachilik asosida uy mehnatini tashkil etishni kengaytirish ko‘zda tutilgan.


▪️"ENG NAMUNALI AYOL TADBIRKOR” ko‘rik-tanlovida ishtirok etish uchun 5 ta yo‘nalish bo'yicha hujjatlar qabul qilinadi.

Hujjatlarni Olmazor tumani hokimligi Oila va xotin qizlar bo‘limiga taqdim etishingiz mumkin. Hujjatlar joriy yilning 3-noyabrdan 10-noyabrgacha qabul qilinadi. 


G‘oliblar sovg'alar bilan taqdirlanadi.


🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!  



Report Page