ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! QABUL-2023
SAMARKAND INTERNATIONAL UNIVERSITY OF TECHNOLOGY👨🏻🎓 SAMARQAND XALQARO TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI 2023-2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yoʻnalishida qabul boshlanganini E’LON QILADI

📋 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoniga (49-maqsad: “Xorijiy davlatlarning yetakchi texnika universiteti bilan birgalikda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish”ga ) muvofiq barpo etilgan Samarqand xalqaro texnologiya universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 036721-sonli litsenziya asosida faoliyat olib boradi.
✅ 2023-2024-o’quv yiliga bakalavriat yo’nalishida to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun jami 50 ta kvota ajratilgan.
✅ Universitetda ta’lim ingliz tilida olib boriladi.
✅ Talabalikka qabul qilish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
➖ Tadbirkorlik va menejment - 25 o‘rin;
➖ Kompyuter texnologiyalari - 25 o‘rin.
Kirish imtihonlarining o'tkazilish tartibi:
➖ matematika fanidan test sinovlari (Davlat test markazi tomonidan tashkil etiladi)
➖ ingliz tili.
Ingliz tilini bilish darajasi quyidagi sertifikatlar mavjudligi bilan tasdiqlanadi:
- IELTS - 5 va yuqori (British Council/ IDP) (PDF);
- TOEFL IBT 35-45 va yuqori.
Yuqoridagi sertifikatlardan hech biriga ega bo‘lmagan abituriyentlar Samarqand xalqaro texnologiya universitetida til bilish sertifikati uchun imtihonlar topshirish imkoniyatiga egadir.
Eslatma: Imtihonlar joriy yilning 10-20 dekabr kunlari oralig’ida o’tkaziladi.
O‘qish muddati – 4 yil.
1-semestr darslari 2023-yil 16-yanvardan boshlanadi.
2023-yilning sentabr oyiga qadar yangi universitet kampusi qurib bitkazilishi rejalashtirilgan va boshqa shaharlardan kelgan talabalar yotoqxona bilan taʼminlanadi.
⏰ Quyidagi hujjatlarning elektron shakldagi nusxalari joriy yilning 1-dekabrigacha siut.uz/ru.request.html sayti orqali abiturentlardan qabul qilinadi:
- pasport nusxasi (roʻyxatdan oʻtgan joyi koʻrsatilgan holda) PDF formatida;
- o‘rta yoki o’rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (PDF formatidagi attestat yoki diplom);
- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat;
- fotosurat 3,5x4,5 (JPEG formatida).
Universitetning afzallik tomonlari:
➖ jahonning yetakchi universitetlari modeliga muvofiq jahon standartlariga javob beradigan muhandis kadrlar tayyorlash;
➖ universitetda dars beruvchi professor-o’qituvchilar tarkibiga AQSh, Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliyadagi yetakchi o‘quv muassasalari va ilmiy markazlarning tajribali xorijiy professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari va trenerlari kiritilganligi;
➖ yetakchi xorijiy texnika universitetlarning pedagogik tajribasiga asoslangan o‘quv jarayoni, o‘quv rejalari, ta’lim dasturlaridan foydalanish;
➖ universitetning betakror ishlab chiqarish bazasi, O’zbekistondagi yetakchi sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash imkoniyati;
➖ nufuzli xorijiy universitetlardagi kabi “Double degree” va “Double diploma” diplomini olish imkoniyati mavjudligi.
Universitetimiz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: https://t.me/siut_uz
Facebook: https://www.facebook.com/siut.uz
Instagram: https://www.instagram.com/siut.uz/
☎+99855 705-50-05
Manzil: Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270-uy (mo‘ljal: Viloyat Davlat avtomobil inspektsiyasi qarshisida).