DIQQAT E’LON
International School of Finance Technology and Science instituti 2025-yil uchun Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorantura va tayanch doktoranturaga quyidagi ixtisosliklar boʻyicha tanlov e’lon qiladi:
Tayanch doktorantura (PhD) uchun:
08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit - 1 ta oʻrin.
08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit - 1 ta oʻrin.
08.00.11 - Marketing - 1 ta oʻrin.
09.00.01 - Ontologiya, gnoseologiya va mantiq - 1 ta oʻrin.
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa - 1 ta oʻrin.
19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya - 1 ta oʻrin.
19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi - 1 ta oʻrin.
Doktorantura (DSc) uchun:
08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit - 1 ta oʻrin.
08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit - 1 ta oʻrin.
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa - 1 ta oʻrin.
19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya - 1 ta oʻrin.
19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi - 1 ta oʻrin.
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza - International School of Finance Technology and Science instituti rektoriga nomiga.
2. Qisqacha avtobiografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʻyicha, oʻzbekcha va ruscha shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisida diplom nusxasi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6. Ish joyidan tavsifnoma (мustaqil izlanuvchilar uchun).
7. Pasport nusxasi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
9. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, “B2” daraja. Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (DARAJA.ILMIY.UZ) orqali 5-oktabrdan 5-noyabrgacha roʻyxatdan oʻtgan holda yuboriladi.