DIQQAT E’LON
International School of Finance Technology and Science (ISFT) instituti 2027-yil uchun Fan doktori (DSc) va Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorantura, tayanch doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilikka quyidagi ixtisosliklar boʻyicha tanlov e’lon qiladi:
Doktorantura (DSc) uchun:
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa - 1 ta oʻrin.
19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya - 1 ta oʻrin.
19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi - 1 ta oʻrin.
Tayanch doktorantura (PhD) uchun:
08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit - 2 ta oʻrin.
08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit - 2 ta oʻrin.
08.00.11 - Marketing - 2 ta oʻrin.
09.00.01 - Ontologiya, gnoseologiya va mantiq - 1 ta oʻrin.
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa - 2 ta oʻrin.
19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya - 2 ta oʻrin.
19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi - 2 ta oʻrin.
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza - International School of Finance Technology and Science instituti rektoriga nomiga.
2. Qisqacha avtobiografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʻyicha, oʻzbekcha yoki ruscha shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisida diplom nusxasi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6. Ish joyidan tavsifnoma (мustaqil izlanuvchilar uchun).
7. Pasport nusxasi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
9. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, kamida “B2” daraja. Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib, oliy ta'limdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (DARAJA.ILMIY.UZ) orqali 15-sentabrdan 15-oktabrgacha roʻyxatdan oʻtgan holda yuboriladi.
Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ROʻYXATI: