DIQQAT E’LON!!!

DIQQAT E’LON!!!

Qurolli Kuchlar Akademiyasi

DIQQAT E’LON!!!

OHTMga o‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1 fevralidan                 31 martigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

OHTMga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘limlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza (bildirgi);

chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;

nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

anketa;

o‘qish, ish yoki xizmatni o‘tash joyidan (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma;

ota-onasining OHTMga o‘qishga kirishiga rozilik xati (voyaga yetmaganlar uchun);

3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm o‘lchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);

OHTMga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi).

Quyidagi hujjatlar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi.

Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda, chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi.

 

QO'SHIMCHA MA'LUMOTLAR!

  Keyingi navbatda amalga oshiriladigan arakatlarni MVning   normativ hujjat talablariga asosan mudofaa ishlari bo‘limlari belgilab beradi.

 

Hozirda O‘R QK Akademiyasi 12 ta yo‘nalish bo‘yicha quyidagi mutaxassislarni tayyorlamoqda:

 

1) motoo‘qchi qo‘shinlarning taktik qo‘mondonligi;

2) chegara qo‘shinlarining taktik qo‘mondonligi;

3) qo‘shin razvedkasi taktik qo‘mondonligi;

4) QK bo‘linmalarida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkillashtirish;

5) muhandislik қo‘shinlarning taktik qo‘mondonligi;

6) radiatsion, kimyoviy va biologik muhofaza qo‘shinlarining taktik qo‘mondonligi;

7) IIV qo‘shinlarining taktik qo‘mondonligi;

8) IIV qo‘shinlariда aniqlovchi va qo‘riqlovchi tizimlardan foydalanish bo‘yicha qo‘mondonlik-muhandislik faoliyati;

9) Front orti ta’minoti taktik qo‘mondonligi (qo‘shinlarда kiyim-kechak ta’minoti бўйича);

10) Front orti ta’minoti taktik qo‘mondonligi (qo‘shinlarда oziq-ovqat ta’minoti бўйича);

11) Front orti ta’minoti taktik qo‘mondonligi (qo‘shinlarда yoqilg‘i ta’minoti бўйича);

12) Harbiy psixolog.

 

Bugungi kunda O‘R QK Akademiyasida bakalavrlarni tayyorlash uchun Umumqo‘shin qo‘mondonlik fakulteti va quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:

1. Harbiy boshqaruv va liderlik;

2. Harbiy razvedka;

3. Umumiy taktika;

4. Jangovar ta’minot;

5. Moddiy ta’minot;

6. Texnik ta’minot;

7. Qurolli kuchlarda axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik;

8. Chegara faoliyati;

9. Chegara san’ati;

10. Qurollanish va otish;

11. Jismoniy tayyorgarlik va sport;

12. Tillar kafedrasi;

13. Tabiiy fanlar;

14. Milliy iftixor va harbiy vatanparvarlik;

15. Harbiy psixologiya va pedagogika;

16. IIV qo‘shinlarini tayyorlash.

 

Qurolli Kuchlar Akademiyasida kursantlar 4 yil tahsil oladi va o‘qish davridagi barcha sarf-xarajatlar Mudofaa vazirligi tomonidan qoplanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida

kursant bo‘lish istagida bo‘lgan yoshlarni kutib qolamiz!!!

 


Qurolli Kuchlar Akademiyasi Axborot xizmati








Report Page