DIQQAT_EʼLON

DIQQAT_EʼLON

@Tdau_news

😃QVZ: “Toshkent shahar hokimi kubogi” bellashuvi

🔍 "Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida Poytaxt oliy taʻlim muassasalari QVZ jamoalari oʻrtasida joriy yilning 24-may kuni, soat 19:00 da, “Turkiston” sanʻat saroyining yozgi amfiteatrida “Quvnoqalar va zukkolar” koʻrik-tanlovining “Toshkent shahar hokimi kubogi” uchun ajoyib bellashuvi boʻlib oʻtadi.


🔠 Bellashuvda Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar”, Toshkent tibbiyot akademiyasining “Adrenalin”, Toshkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar”, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar” hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Atom” jamoalari ishtirok etadilar.


💯 Barcha poytaxt talaba-yoshlarini mazkur bellashuvda tomoshabin sifatida ishtirok etishga taklif etamiz.


❗️KIRISH MUTLAQO BEPUL ❗️

Report Page