DIQQAT DIQQAT E'LON

DIQQAT DIQQAT E'LON


TATU Samarqand talabalari uchun ajoyib yangilik  Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi  tomonidan ,«Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari»  shiori ostida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi naminatsiyalar asosida bo’lib o’tadi;

– «O‘zbekiston tarixi va milliy qadriyatlarimizni tarannum etishga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy videorolik»;

– «Milliy qadriyatlar aks ettirilgan eng yaxshi tarixiy sahna ko‘rinishi»;

– «Samarqand tarixi va milliy qadriyatlarimizga bag‘ishlangan eng yaxshi tasviriy asar va grafik dizayn (tasviriy san’at asari, plakat, banner, kompyuter grafikasi); 

Tanlov materiallari joriy yilning 24-noyabr kunidan 12-dekabr kuniga qadar qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan kechiktirib taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlov ishtirokchilarini ro‘yxatga olish va materiallarga qo‘yiladigan talablar:

1.Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan namunadagi arizani (1-ilova) to‘ldirib, ijodiy ish bilan birgalikda jo‘natish lozim.

2. Tanlovga topshirilgan materiallar quyidagi mezonlarga muvofiq ko‘rib chiqiladi: materialning e’lon qilingan mavzu va texnik talablarga muvofiqligi; ko‘chirilmaganligi (plagiat); g‘oyasining originalligi va ishning sifati.

Tanlovga topshirilgan materiallar odob-ahloq qoidalari va qonunchilik me’yorlariga zid bo‘lgan, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi har qanday jumlalar, so‘zlar, tasvirlardan holi bo‘lishi lozim.

3. « O‘zbekiston tarixi va milliy qadriyatlarimizni tarannum etishga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy videorolik» nominatsiyasi uchun topshiriladigan materiallar quyidagi formatda bo‘lishi lozim: avi, mpeg 4, o‘lchami — 1920×1080 piksel, davomiyligi — 180 soniyadan oshmasligi, ovozi (audio) — 16 bit, stereo.

Videorolikni tashkiliy qo‘mita va hakamlar hay’ati yuklab olishi uchun albatta fayl almashuv saytiga yuklangan bo‘lishi lozim. Tanlov uchun elektron pochta orqali jo‘natilayotgan arizada video joylangan manzil (havola) aniq ko‘rsatilishi lozim.

4. «Eng yaxshi tasviriy asar va grafik dizayn» nominatsiyasi uchun topshiriladigan materiallar quyidagi formatda bo‘lishi lozim:

Tasviriy san’at asari — o‘lchami A4 (297 x 420 mm) dan kichik bo‘lmasligi, turli rassomchilik vositalari orqali qo‘lda chizilgan bo‘lishi lozim.

plakat — jpg/pdf, o‘lchami A3 (297 x 420 mm) formatida, tomonlar nisbati o‘zaro muvofiqlashgan va sifati 200 dpi dan kam bo‘lmasligi lozim.

banner (bilbord) — cdr yoki pdf, o‘lchami 6000 x 3000 mm (6x3 m) sifati 300 dpi dan kam bo‘lmagan, ranglar modeli — CMYK bo‘lishi lozim.

komiks — tanlov mavzusiga oid turli rassomchilik vositalari orqali ishlangan 1 dan 4 tagacha bo‘lgan rasm ko‘rinishidagi hikoyalar. Rasmlar o‘lchami A4 (210 x 297 mm) yoki A3 (297 x 420 mm) formatida bo‘lishi lozim.

5. Tasviriy san’at asari, illyustratsiya, plakat, banner va matn shaklidagi izohi, tushuntirishi va mualliflik nomi bilan taqdim etilishi lozim.

6. Videoroliklar lavhalar ketma-ketligiga moslangan subtitr va mualliflik nomi bilan taqdim etilishi lozim.

Tanlov g’oliblari filial rahbariyati tomonidan

 – «O‘zbekiston tarixi va milliy qadriyatlarimizni tarannum etishga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy videorolik» uchun  sovrin miqdori 1.500 000 so‘m (bir million besh yuz ming so‘m);

– «Milliy qadriyatlar aks ettirilgan eng yaxshi tarixiy sahna ko‘rinishi» uchun  sovrin miqdori 1.500 000 so‘m (bir million besh yuz ming so‘m);

– «Samarqand tarixi va milliy qadriyatlarimizga bag‘ishlangan eng yaxshi tasviriy asar va grafik dizayn (tasviriy san’at asari, plakat, banner, kompyuter grafikasi) uchun  sovrin miqdori 1.500 000 so‘m (bir million besh yuz ming so‘m);

TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati 



Report Page