DIQQAT! ANDIJON VILOYaTINING BA'ZI HUDUDLARIDA GAZ TA'MINOTI VAQTINChA TO‘XTATILADI

DIQQAT! ANDIJON VILOYaTINING BA'ZI HUDUDLARIDA GAZ TA'MINOTI VAQTINChA TO‘XTATILADI


2021-yil 29-oktyabr kuni “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Kuyganyor” avtomatik gaz tarqatish shoxobchasining tarmoqlaridagi gaz quvurlarida yuzaga kelgan nosozliklarni bartarf etish hamda avariya-tiklash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. 

Shunga ko‘ra, Andijon shahrining “Istiqlol” (8-son), Qo‘shariq dahasi, “Bunyodkor” (9-son), “Shifokor” MFY o‘ramidagi, shuningdek “Gumbaz” MFYning Yu.Otabekov ko‘chasiga tutash bo‘lgan ko‘chalaridagi aholi xonadonlari, Andijon tumanining “Oyjamol”, “Daryobo‘yi”, “Baxt”, “Sanoat”, “Nayman”, “No‘xotak”, “Mirobod”, “Tolmozor”, “Ayronchi”, “Istiqlol”, Oltinko‘l tumanining “Maslahat-Ittifoq”, “ORS”, “Gulbog‘”, “Mirobod” hamda “Ittifoq” MFYlar o‘ramidagi barcha aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uylar va ulgurji iste'molchilar uchun 2021-yil 29-oktyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. 

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. 

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste'molchilaridan uzr so‘raydi.


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page