DIQQAT!!! ANDIJON VILOYATINING BA'ZI HUDUDLARIDA GAZ TA'MINOTI TO‘XTATILADI

DIQQAT!!! ANDIJON VILOYATINING BA'ZI HUDUDLARIDA GAZ TA'MINOTI TO‘XTATILADI


2021-yil 8-noyabr' kuni “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Ko‘makay” avtomatik gaz tarqatish shoxobchasining 1-tarmog‘idagi gaz quvurlarida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. 

Shunga ko‘ra, Andijon shahrining “Forobiy”, “Mustaqillikning 21 yilligi”, “Paxtakor”, “Cho‘lpon 100 yilligi”, “Ozodlik”, “Uyg‘urobod”, “Bobur”, “Safoiy”, “Dehqonobod”, “Uyg‘ur”, “Jalabek”, “Dalvarzin”, “Mehnat”, “Madaniyat, “Ittifoq”, “Navro‘z”, “Shodlik” MFYlar hamda Andijon aylana yo‘l bo‘yidagi namunali uylar shuningdek, shuningdek Oltinko‘l tumanidagi “Jalabek”, “Ayshaxonum”, “Dalvarzin”, “Ko‘makay”, “Sadda” hamda “Cho‘ntak” MFYlar o‘ramidagi aholi xonadonlari va ulgurji iste'molchilar uchun 2021-yil 8-noyabr' kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. 

Shuningdek, Shahrixon tumaniga tabiiy gaz tekazib beruvchi yuqori bosimli yer usti diametri d-426 mm bo‘lgan gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish uchun ta'mirlash ishlari olib boriladi. 

Shunga ko‘ra, Shahrixon tumanining “Buvayda”, “Yangi hayot, “Vahim”, “Beshmahalla”, Do‘lan”, “Yangi Vahim”, Suzoq”, Qo‘rg‘oncha” MFYlar o‘ramidagi aholi xonadonlari va ulgurji iste'molchilar uchun 2021-yil 8-noyabr' kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. 

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste'molchilaridan uzr so‘raydi.


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page