DIQQAT! ANDIJON SHAHRININING BA'ZI HUDUDLARIDA GAZ TA'MINOTI TO‘XTATILADI

DIQQAT! ANDIJON SHAHRININING BA'ZI HUDUDLARIDA GAZ TA'MINOTI TO‘XTATILADI


2021-yil 30-noyabr kuni “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Bo‘ston” gaz tarqatish shoxobchasi 1-tarmog‘ida tarmoqning chiqish qismidagi shaybani navbatdagi mavsumiy shaybaga almashtirish hamda gaz quvurlarida yuzaga kelgan nosozliklarni bartarf etish, avariya-tiklash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra, Andijon shahrining Navoiy shohko‘chasi, Cho‘lpon shohko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar, Mash'al (6-son) hamda “Tarqaqqiyot” (7-son) MFYlar o‘ramidagi aholi xonadonlari va ulgurji iste'molchilar uchun 2021-yil 30-noyabr' kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. 

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste'molchilaridan uzr so‘raydi.


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining matbuot xizmati



Report Page