DIQQAT! ANDIJON SHAHRININING BA'ZI HUDUDLARIDA GAZ TA'MINOTI TO‘XTATILADI

DIQQAT! ANDIJON SHAHRININING BA'ZI HUDUDLARIDA GAZ TA'MINOTI TO‘XTATILADI


2021 yil 08 oktyabr' kuni “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Bog‘ishamol” gaz tarqatish shoxobchasi 2-tarmog‘idagi yuqori bosimli gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf etish va ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. 

Shunga ko‘ra, Andijon shahrining “Yoyilma” (1-son), “Sog‘lom avlod” (2-son), “Iqbol”, “O‘rikzor” (3-son), “Barkamol” (4-son), “Qoratut” (5-son), “A.Bakirov”, “H.Ahmedov”, “Yangi hayot”, “Bog‘ishamol”, “Chorvador”, “Oxunboboev”, “Pistamozor” hamda “O‘zbegim” MFYlar o‘ramidagi aholi xonadonlari va ulgurji iste'molchilar uchun 2021 yil 08 oktyabr' kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. 

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste'molchilaridan uzr so‘raydi.


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining matbuot xizmati



Report Page