DIQQAT! ANDIJON SHAHRINING BA'ZI HUDUDLARIDA GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO‘XTATILADI

DIQQAT! ANDIJON SHAHRINING BA'ZI HUDUDLARIDA GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO‘XTATILADI


2021 yil 11 oktyabr kuni “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Kuyganyor” gaz tarqatish shaxobchasi 3-tarmog‘ining chiqish qismidagi toraytirgich moslamasi(shayba)ni navbatdagi mavsumiy toraytirgich moslamasi(shayba)ga almashtirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Shunga ko‘ra, Andijon shahrining “Istiqlol” (8-son), Qo‘shariq dahasi, “Bunyodkor” (9-son), “Shifokor” MFY o‘ramidagi, shuningdek “Gumbaz” MFYning Yu.Otabekov ko‘chasiga tutash bo‘lgan ko‘chalaridagi aholi xonadonlari va ulgurji iste'molchilar uchun 2021 yil 11 oktyabr' kuni soat 14:00 dan 16:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. 

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. 

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste'molchilaridan uzr so‘raydi.


Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page