DIQQAT! ANDIJON SHAHRINING BA'ZI HUDUDLARIDA GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO‘XTATILADI

DIQQAT! ANDIJON SHAHRINING BA'ZI HUDUDLARIDA GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO‘XTATILADI


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Kuyganyor” gaz tarqatish shoxobchasi 3-tarmog‘idan tabiiy gazdan foydalanuvchi iste'molchilarni bir me'yorda gaz bilan ta'minlash, 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida hududlardagi gaz quvurlari va qurilmalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, Yu.Otabekov kshchasida joylashgan diametri D-159 mm bo‘lgan gaz quvurini tartibga keltirish, nosoz qismlarini ta'mirlash va bir qismini yer ostiga olish ishlari rejalashtirilgan.  

 Shunga ko‘ra, Andijon shahrining “Istiqlol” MFY (1675 ta), “Shifokor” MFY (1697 ta), “Bunyodkor” MFY (2000 ta), “Qo‘shariq” MFY (1959 ta), “Gumbaz” MFY (786 ta), “”Yaxshi” MFY (355 ta), “Obod” MFY (165 ta), “Poloson” MFY (486 ta) hamda “Shaytepa” MFY (605 ta) o‘ramidagi jami 9 728 ta aholi xonadonlari va 9 ta ulgurji iste'molchilar uchun 2022-yil 23-sentyabr soat 09:00 dan soat 17:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. 

Shundan, 

Andijon shahar ko‘p tarmoqli shifoxonasi;

Andijon viloyati psixonevrologiya dispanseri;

Andijon viloyati onkologiya dispanseri;

Andijon viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri;

Andijon viloyat “Saxovat uyi”;

Andijon viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi;

Andijon Olimpiya va paraolimpiya zahiralar kolleji;

Andijon viloyat 28-DIMI;

“Edikeyshn” nodavlat ta'lim muasssasi. 


Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti soat 17.00 dan qayta tiklanadi. 


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste'molchilaridan uzr so‘raydi.


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page