DIDOX.UZ tizimida Elektron hisob-faktura qanday yaratish kerak?

DIDOX.UZ tizimida Elektron hisob-faktura qanday yaratish kerak?

@sirojbek_didox

Elektron hisob-fakturani yaratish uchun shaxsiy kabinetingizga kiring va yuqori chap burchagida "Yaratish" tugmasini bosing.




Qarshingizda elektron hujjat yaratish uchun maxsus oyna ochiladi. Ekranning yuqori chap burchagida “Hujjat turi” ro'yxatida sizga kerak hujjat turini tanlashingiz kerak. Mahsulotlar (xizmatlar) uchun hisob-faktura yaratish uchun hujjat turi ro’yxatidan “Хисоб-фактура” yo`qi “Хисоб-фактура актсиз” va “Стандарт” tanlash kerak.




Yangi hujjatni kiritish shaklida siz quyidagi maydonlarni to'ldirishingiz kerak:


Hisob faktura raqami - fakturaning seriya raqami.

Hujjatning sanasi - amalga oshiriladigan sana.

Shartnoma raqamini kiriting - shartnoma raqami.

Shartnoma sanasi - shartnoma sanasi. 




"Sizning ma'lumotlaringiz" bo'limi hujjatni jo'natuvchi tashkilotning rekvizitilarini to'ldirish uchun mo'ljallangan. Tashkilot nomi, QQS to'lovchining ro'yxatga olish kodi, Bank МФО, SWIFT hisob raqami, direktor, bosh xisobchi va tashkilot manzili qo'lda kiritilishi kerak.


"Hamkor ma'lumotlari" bo'limi hujjatni qabul qiluvchi tashkilotning rekvizitlarini to'ldirish uchun mo'ljallangan. Ma'lumotni to'ldirish uchun xaridor (mijoz) ning INN raqamini kiriting va hamkoringiz ma'lumotlari avtomatik ravishda to'ldiriladi.


"Tovar (xizmat)lar nomi" bo'limida sotiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi.



Jadvalga yangi qatorni qo'shish va noto'g'ri kiritilgan qatorni o'chirish uchun  jadval oxiridagi + -  tugmalari yordamida amalga oshiriladi.


"Ishonchnoma" bo'limida, kerak bo'lgan, ishonchnoma ma'lumotlarni kiritishingiz mumkin.

Ma'lumotlar kiritilgandan so'ng, "Hujjatni ko'rsatish" tugmasini bosish orqali hujjat tuzilish formasini ko'rishingiz mumkin.


Hujjatni ko'rish rejimidan chiqish sahifaning yuqori o'ng burchagidagi "yopish" tugmasi yordamida amalga oshiriladi.


Hujjatga imzo qo'yish uchun "Imzolash" tugmasi bosing.

Report Page