DGNews: Oktabr oyi

DGNews: Oktabr oyi

Digital Generation Uzbekistan

Oktabr oyida ro'y bergan Digital Generation Uzbekistan faoliyatiga doir yangiliklarni siz bilan baham ko'ramiz.

8, Octabr |2020

Digital Generation Uzbekistan asoschisi - Hilola Umarova Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi 4856 sonli qarori bilan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligiga qarashli Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Digital Generation Uzbekistan nodavlat notijorat muassasasi ta'sischisi Umarova Hilola Uktamovna Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.


16, Octabr | 2020

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti poytaxtimizdagi axborot-texnologik parkda Digital Generation Uzbekistan a'zolarining loyihalari bilan tanishdi.

Tashrif davomida majmua shou-rumida qurilishi boshlangan binolar, ularda bo'ladigan sharoitlar haqida ma'lumot berildi. Digital Generation loyihasi qatnashchilari tomonidan yaratilgan dasturiy mahsulotlar namoyish etildi.

23, Octabr | 2020

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Digital Generation Uzbekistan a'zolari ham ishtirok etdilar.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov ta’kidlaganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan barcha choralar asosiy maqsadga yo‘naltirilgan — yosh avlodimiz uchun munosib shart-sharoit yaratib berish, malakali va raqobatbardosh AKT sohasidagi kadrlarni tarbiyalashdan iboratdir. Hozirda yurtimizda AKT sohasidagi kadrlarni tayyorlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Digital Generation Uzbekistan- mamlakatimizdagi eng katta IT hamjamiyati a'zolari ham ushbu uchrashuvda o'z loyihalari bilan qatnashdilar. Ular o'zlari ishlab chiqqan loyihalarini taqdim etdilar.


24, Octabr | 2020

Digital Generation Uzbekistan nodavlat notijorat tashkiloti "Raqamli avlod-2020" loyihasi uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondining grantiga sazovor bo'ldi.

Xalqimizning ulug‘vor qudrati, yoshlarimizning jo‘shqin g'ayrati bilan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek: "Bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas." Yangi O'zbekistonni barpo etishda zamonaviy sohalarni qo'llab-quvvatlash esa ayni vaqtda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday e'tirofdan so'ng, bizning yelkamizdagi mas'uliyat hissi ham yana bir necha marta oshdi. Endi katta g'ayrat bilan yangidan-yangi loyihalar tomon ildam qadam bosamiz!

Report Page