DEVONABOY MASJIDI

DEVONABOY MASJIDI

Turizmni rivojlantirish instituti

Andijon shahrining Eski shahar qismida “Jome`” majmuasi yaqinida shahrining eng diqqatga sazovor obidalaridan biri bo`lgan Devonaboy masjidi joylashgan. Masjid andijonlik boy savdogar tomonidan 1870 yillari bunyod etilgan.

Masjid bitta minorali uncha katta bo`lmagan to`rtburchak shaklida bo`lib 1928 yili yopilgan, 1950 yili masjid qayta ochiladi va bir necha o`n yillar davomida Andijon shahridagi yagona faoliyat ko`rsatgan masjid bo`lib kelgan va sovet tuzumidan keyin Islom diniga keng yo`l ochilishini guvohi bo`lgan masjidlardan hisoblanadi.

Masjidning eski binosi bizni vaqtlarga qadar deyarli saqlanib qolmagan. Lekin manbaalarda masjid binosi to`g`rito`rtburchak shakldagi, ikki qavatli, to`rt minorali, markaziy ravot atrofi chinni koshinlar bilan an`anaviy naqshlar va arab yozuvlari bilan bezatilganligi qayd etilgan. Asosiy bino katta gumbazli va ich qismi ustunlardan iborat bo`lgan.

Devonaboy masjidning hozirgi ko`rinishi 2005-2011 yillari bunyod etilgan bo`lib, qurilish jarayoniga o`z ishining mashhur ustalari jalb etilgan. Masjidda ta`mirlash ishlari bosh imom hatib Muahammad Sodiq Qori rahbarligida, musulmonlarning hayriya va yordamlari hisobiga amalga oshirilgan.

Masjidda bir vaqtning o`zida 5 000 nafar nomozxon ibodat qilishi mumkin. Masjidning kirish qismi gumbazsimon qilib ishlangan bo`lib ravoti chiroyli qilib bezatilgan, nozik did bilan har bir qismning mutanosibligi ta`minlangan. Masjidning tashqi tomonini bezatishda o`yilgan g`ishtlardan foydalanilgan. Moviy-feruza rangdagi koshinlar bezaklarning asosini tashkil qiladi.

Aosiy ravotning ikki tomonida ko`p qirrali, uncha katta bo`lmagan qovurg`asimon gumbazli baland minoralar qad rostlagan. Minoralar old qismi va masjid shaqona usulda bezatilgan, derazalarga o`yib ishlangan to`siqlar o`rnatilgan. Masjid minoralari Andijonni vodiyda eng baland minorali shahar deb e`tirof etilishini ta`minlaydi.

Devonaboy masjididan bir kilometr uzoqlikda, mahalla orasida hozirda yashash joy bo`lib xizmat qilayotgan yana bir qiziq tarixiy obida-Oq-Masjid qad rostlagan. Mahalliy aholining aytishicha Oq Masjidga 500 yil avval asos solingan bo`lib 125 yil avval hozirgi ko`rinishga keltirilgan ekan.

METODIK QO`LLANMALAR:

1. Masjid bo`ylab sayohat uyushtirish uchun eng maqbul joy uning markaziy ravotlari to`g`risi hisoblanadi.

2. Masjidga kirishdan oldin guruhni masjidda bo`lish tartib qoidalari bilan tanishtirish maqsadga muvofiq bo`ladi.

3. Masjidni bemalol rasmga olish uchun 10 daqiqa vaqt ajratish lozim.

4. Masjidga tashrib buyurgandan keyin guruhni mahallalarga kichik sayohat uyushtirilishi haqida ogohlantirib qo`yish lozim.

Tayyorladi: Azarenko E., вirinchi toifali gid

Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti

👉 Join it: https://t.me/guide_portfolio

Report Page