"DEKAN KUBOGI" MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA

"DEKAN KUBOGI" MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA


Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning Ikkinchi yo'nalishi Yoshlar o'rtasida sportni rivojlantirish maqsadida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti talabalari o'rtasida sportning Futbol turi bo'yicha "Dekan kubogi" musobaqasi davom etmoqda.

Ushbu musoboqaning to'rtinchi o'yini fakultetning 101-guruh jamoasi va 107-guruh jamoasi o'rtasida bo'lib o'tdi va 3:0 hisobida 101-guruh jamoasi keyingi bosqichga yo'llanma oldi. beshinchi o'yin esa, 105-guruh jamoasi va 108-guruh jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. O'yin natijalariga ko'ra, hisob 1:0 holda yakunlandi va 105-guruh jamoasi oldinga chiqib oldi. oltinchi o'yin 102-guruh jamoasi va 106-guruh jamoalari o'rtasida o'tkazildi, 6:7 hisobi qayd etildi va 106-guruh g'oliblikni qo'lga kiritdi



Biz musobaqaning final bosqichida ham jamoalarning yana bir chiroyli o'yinlariga guvoh bo'lamiz. Siz ham biz bilan Futbol musobaqalariga guvoh bo'ling va "Dekan kubogi" sohiblarini biz bilan kashf eting!


@SamVMI_Sport_klubi

Report Page