DAVLAT BAYROG‘I

DAVLAT BAYROG‘I

"Bulung'ur hayoti" gazetasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab cho‘zilgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta enidan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetr, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarining kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enining chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng ikki xilqa hoshiyalar o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining moviy enining o‘ng qismining moviy rangli enning yuz tomonini va orqa tomonida dastaga yaqin joylashgan oq rangli yangi oy va uning ichida bir qator oq rangli besh qirrali yulduzlar tasviri joylashtirilgan.

Oq rangli yangi oy va besh qirrali yulduzlar tasviri joylashgan bayroqning eni 70×30 santimetr bo‘lib, yangi oy tasvirining balandligi uning eni bo‘ylab 5 santimetrga tengdir. Yangi oy tasviri bayroq dastasidan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, ochiq tomoni bayroqning uchiga qaragan.

Uning ichkarisida yuqorisi katta bo‘lgan diametri 6 santimetrli doira joylashgan. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetrdir. Yulduzlar yuqoridagi va tikka tartibda joylashtirilgan: yuqori qatorida uchta, ikkinchi qatorida to‘rtta va quyi qatorida beshta yulduz. Quyi qatoridagi yulduzlar bir-biridan 3,5 santimetr masofada joylashgan.

Bahrom KENJAYEV,

tuman adliya bo‘limi YHKM bosh yuriskonsulti.



Report Page