DARLING EP-5

DARLING EP-5

Юн ДживонMay 02, 2024

#Darling


Episode - 5


*Dekabr... Busanning tunggi ko'chalari allaqachon chiroqlar tomonidan yoritilmoqda. Sovuq harorat havoda suzgancha yuzni achishtirmoqda. 13 yoshli yigitcha qayoqqa ketayotganiga ham qaramay yo'lida davom etar ekan yuzidagi jarohatdan chiqqan qon qotishni boshlagandi. Barmoqlari uchi muzlab qolganidan og'rimoqda. Jungkook qo'llarini cho'ntagiga solgancha hech qayoqqa qaramay yo'lida davom etmoqda. Hozirgina ikki o'gay akalari tomonidan yana kaltaklandi.. yana tahqirlandi. U onasining yangi hayotiga halaqit berishni istamaydi. U endi boshqa erkak bilan turmush qurdi. Uydan ketish haqidagi fikridan qaytarmasligi uchun xatto onasi bilan xayrlashmadi ham. Boshqa ma'noda esa.. yigitcha uydan qochdi. Jungkook ko'ziga qalqigan yoshlarini yengiga artgancha yo'lida davom etdi. Havo esa shavqat qilmay pastlab bormoqda. Odamlar bilan gavjum ko'chada hayot qaynamoqda. Do'konlar va ko'cha kelayotgan yangi yil uchun chiroyli bezalgan. Yuzida bir lahza muzdek nuqtani his etgan Jungkook yo'lida to'xtab kaftini oldinga chiqardi. Qor yog'ishni boshlab yubordi. Chiroyli hodisa.. Ammo endi yigit bundan zavqlana olmaydi. Zavq hissi uni 13 yoshidayoq butunlay tark etdi. Hozircha yashirinish uchun biror pana joy topishi haqida o'ylagan Jungkook yo'lida davom etdi. Qorni ochganini ham his etmoqda. Yigitcha yo'lida davom etar ekan hayollari butunlay hiralashgani sabab, yuragidagi tashqi dunyo haqidagi qo'rquvga ham oyoqlari qayoqqa boshlayotganiga ham e'tibor bermasdi. Ochig'i u oldin uyidan bunchalik uzoqlashib ketmagan. Hozir esa qiziq emas..Hech narsa qiziq emas. Birdan mashinaning baland signalini eshitgan Jungkook joyida qotib qoldi. Nima qilishini bilmaydi. Mashina juda yaqin edi.. u e'tibor bermay katta yo'lga chiqib ketgan. Davomiy vahimali signal va mashinaning yorqin old chiroqlari....*

Ko'zlarini ochgan yigit ko'krak qafasi ichidagi yurak meyoridan tez urayotganini sezdi. Tomog'i qurigan va biroz sovuq ter bosgan. Jungkook yotgan o'rniga o'tirib olar ekan og'ir nafas chiqardi. Yo'q..u o'zining issiq o'rnida. Tush edi. Nega 14 yil oldin o'sha dekabrda bo'lgan voqea tushiga kirib turishini bilmaydi... Balki hayotini o'zgartirib yuborishga sabab bo'lgani uchunmi..



***

- Ey Hudoyim! O'sha boy va sirli yigit kechasida uyingga kelib seni o'pgan.

- Men senga shuncha gap gapirib berdim, sen esa faqat bo'sa qismini eslab qolding xolosmi, - Jiwon Yonaning gapiga norozi bo'ldi, - U meni peshonamga qurol tirab o'ldirish haqida tahdid qildi.

Qo'llariga bir marttalik idishga quyilgan mevali kokteyl ushlab olgancha ko'cha aylanib, ko'chadagi yoyma do'kon rastalarini tomosha qilib ketishar ekan Jiwon yurishdan to'xtagancha sotuvga qo'yilgan aksessuarlarni tomosha qila boshladi.

- Va keyin, u seni uyingga kelib seni o'pgan! - Yona yana eslatgan bo'ldi, - Bu nima? Uzrmi?

- Bilmadim. Qaysi esini yegan bunday uzr so'raydi, - Jiwon sumka bezagini qo'liga olgancha yelka qisdi.

- Sening katta jigarrang ko'zlari bor terminatoring.

- Yo'q. Bu uzr emas edi. Shunchaki u meni nazorat qila olishini yana eslatib qo'ymoqchi bo'ldi xolos. O'sha toshyurak umuman uzr so'ramaydi, - Jiwon qo'lidagini yana qo'ygancha yo'lida davom etdi

- Sen ham so'roqsiz uning uyini kovlagansan.

- Axir u jinoyatchi, - Jiwon norozi g'ingshidi.

- Unda politsiyaga ayt. Nega haliyam meni yonimdasan.

- Isbotim yo'q. Politsiya o'zi dalil topguniga qadar yana bir qotillik yuz beradi va jabrlanuvchining ismi Yoon Jiwon bo'ladi. Bu aniq.

Qiz ichish uchun mo'ljallangan quvurchali cho'p orqali kokteylni simirar ekan telefoniga kelgan xabar e'tiborini tortdi.

"10 daqiqada yetib kel. Jun-gu ko'chasi, 50"

- Cazzo! - Jiwon asabiylashgancha telefon ekranini o'chirdi.

- Nima bo'ldi, - hayron bo'lib so'radi Yona.

- Jungkook men bilan ko'rishmoqchi. Jun-gu ko'chasi 50 deyilgan. Bu "La Cantina" italyan kafesi manzili. Biz turgan joydan ikki bekat narida.

- Xo'sh..?

- U yana qayerdaligimni biladi.

Jiwon fikrini tugatib ulgurmay birinchi xabar ketidan kelgan yana 3 ta xabar ekranda paydo bo'ldi.

"Xabarimni e'tiborsiz qoldiryapsanmi?"

"Bu bilan qutulib qolaman deb o'ylaysanmi?"

"Aytganimni qil yoki seni o'ldiraman"


La Cantina kafesi stollaridan birida o'tirgan Jungkook Jiwonga yuborgan xabarlariga qaytadan qarab chiqdi.

- Juda qo'pol bo'lmagandir a? - o'ziga o'zi dedi yigit.



***


Timeskip➡️


Qarshisiga qo'yilgan bicerinning shisha qadahiga qarab qo'ygan qiz nigohini yana Jungkookga olib o'tdi.

- Demak... Bicerin? To'g'ri Rimda eng yaxshi ichimliklardan biri, - Jiwon shunday degancha muzqaymoqni eslatuvchi ustki yuzani qoshiqcha bilan aralashtirdi, - Lekin... Nega men bilan ko'rishishni istab qolding?

O'z ichimligini xotirjamlik bilan ichib o'tirgan Jungkook qo'lidagi shisha qadahni qayta stolga qo'ydi.

- Bir narsani o'ylab qoldim, - o'sha o'zining sovuqqon va xotirjam ovozida gap boshladi Jungkook, - Modomiki sen men haqimda bilar ekansan, seni ko'z oldimda saqlashim kerak.

- Shart emas. Men hech kimga aytganim yo'q. Agar sotqinlik qilsam, meni o'ldirasan, tushundim.

- Bu iltimos emas, - qat'iy ohangda ta'kidladi yigit, - Sen men bilan ishlaysan.

- Ya'ni?

- Aytaylik, "Jong-Yeon" kosmetika kompaniyasidan taklif tushyapti deb hisobla, - Jungkook stuliga suyangancha oyog'ini chalishtirib oldi.

Bicerin ichayotgan qiz biroz tiqilgancha qadahni og'zidan qaytardi.

- Chindanmi? "Jong-Yeon"? Qanaqasiga? - hayron bo'lib so'radi qiz, - Shoshma u senikimi?

- Ertadan boshlab har kuni o'sha yerda bo'lasan.Tushunarlimi? - Jiwonning savollariga javob bermagan Jungkook shu so'z bilan kifoyalandi va menyuni qo'liga oldi, - Qaysi taomni yoqtirasan? Buyurtma qilganlarim orasida bormi yo'qmi bilmoqchiman.

- Uzr janob Jeon. Men kimningdir aytganini qilib o'rganmaganman, - qiz taom haqidagi savolni e'tiborsiz qoldirib norozilik bildirdi, - Shunday ekan..yo'q. Men senga ishlamayman.

- Senda tanlov bor demadim sevgilim, - qo'l soatiga qarab qo'ygan Jungkook nigohlarini Jiwonga olib o'tdi, - Mendan qocha olmaysan degan gapim yodingdan ko'tarilgan ko'rinadi.

Ko'p o'tmay paydo bo'lgan bir nechta ofitsant stol ustini tryuffel, tiramisu, steyk, tortellini, rizotto, ribolitta kabi italian taomlar bilan to'ldirishni boshladi. Hamma taom ikkisi o'tirgan stol uchunligini ko'rgan qiz hayronlik bilan Jungkookga qaradi.

- Hazilmi bu? Shuni hammasini buyurtma qildingmi?

- Aytdimku qaysi birini istashingni bilmadim, - yigit beparvolik bilan qo'liga sanchqini oldi.

- Taxmin qilaman, "Buni hammasini yemasang, seni o'ldiraman" demoqchisan.

Jungkook o'tkir qahvarang ko'zlari bilan qizga qarab qo'ydi. Uning nigohidan ortiq gapirmasligi kerakligini tushungan Jiwon shunchaki jim bo'lib yaqinida turgan taomni yoniga oldi.



***


Timeskip ➡️


Oradan 5 kun o'tdi... Boshlagan yangi surati ustida ishlayotgan qizni to'satdan ochilgan eshik ovozi bezovta qildi. Xonaga kirgan kim ekanini ko'rgan Yona darhol surat ustini mato bilan berkitdi.

- Aka, bu yerda nima qilyapsiz?

- Nega sen suratni berkityapsan? - Hoseok ham savol bilan javob berdi.

- Shunchaki hali bitmagan..shunga ko'rsatgim kelmadi, - Yona o'z harakatini oqlagan bo'ldi.

- Tushunarli.

Yigit xonaga ko'z yugurtigancha stullardan biriga o'tirdi.

- Ochig'i senga bir gap aytish uchun kirgandim.. Nima deb boshlashni ham bilmayman.

- To'g'ri maqsadga o'tavering, - Yona ham Hoseokning qarshisiga o'tirdi, - Begona emasmizku, uzoqdan olib kelib tushuntirishingiz shart emas.

- Janob Parkni bilasanmi? Men u haqida gapirgandim.

- Ha eshitganman, - qiz tasdiqlagancha gapning davomini kutdi.

- U mening biznes sohasidagi ustozim. Va uzoq yillik hamkorim. Janob Park endi munosabatlarimizni oila bilan bog'lamoqchi ekanini aytdi...

- Nima?!

- Albatta rozi bo'lmasang tushunaman.. Shunchaki bu har ikkala tomon uchun ham manfaatli nikoh bo'lardi. Shu sabab sendan o'ylab ko'rishingni so'rayman, - Hoseokning gaplari biroz ikkilanishga o'tdi.

- Janob Parkning o'gli bilanmi? - ko'zlari katta ochilib ketgan Yona qayta so'radi.

- Ha..ochig'i bu kelishuv asosida nikoh.

- Mm...bilmadim. Agar bu sizga zaruriy bo'lsa, - qiz o'zini bilmaganga olib gapni aylantirdi, - O'ylab ko'raman.

- Bugun Choi Mingining tug'ilgan kuni uchun taklifnoma kelgan. Janob Park va uning o'g'li ham o'sha yerda bo'ladi. Bu u bilan tanishib olishing uchun yaxshi imkoniyat.

- Yaxshi..

*Qiziq Jimin ham bu to'g'risida biladimi. Demak bugun u bilan bazmda ko'rishaman. Jiminni tanishimni akam bilmagani yaxshi menimcha. Bo'lmasa qanday tanishganimizni ham tushuntirishga to'g'ri keladi.


***


Kalta uzunlikdagi maysalarga ega ulkan yashil maydon uzra yengil shamol esib turibdi. O'tkan kungi yengil yomg'ir sabab ular biroz ho'l bo'lgan. Ehtimol dam olish kuni bo'lgani uchundir, lekin havo biroz uyquni keltirmoqda. Golf tayoqchasini ushlagancha atrofni kuzatayotgan Jiwon nariroqda turgan, qora ranga kiyingan qo'riqchini ko'rdi. Kiraverishda yana ikkitasi bor. Bir chaqirim naridagi o'ng tomonda ham yana bir nechta. Yana biri allaqachon tanish..Minhyuk edi ismi. Jungkook qo'lidagi uzun golf tayog'i bilan kichik koptokchaga zarb berar ekan, negadir yuzida kichik jahl sezildi.

- Qo'riqchilarimga tikilishni bas qilmasang, oqibati sen uchun yaxshilik bilan tugamaydi, - o'zining xotirjam ohangini saqlab qolishga uringancha dedi Jungkook.

- Nima deysan ijtimoiy tarmoqdagi fotografiya sahifam uchun ulardan model sifatida foydalansam bo'ladimi? - yigitning sezilmas rashkiga e'tibor bermagan Jiwon so'radi, - Birortasi rozi bo'larmikin. Ularning ko'pi kelishgan..

Qiz gapini tugatmasidan oldin katta yelka u qarab turgan tomonni to'sdi. Nigohini ko'tarib Jungkookning jiddiy ko'zlari bilan yaqindan to'qnashgan Jiwon biroz ortga qadam tashladi. Yigit barmoqlari orasidagi kichik koptokchani ko'rsatdi.

- Seni navbating, - jahl aralashgan qattiq ohangda dedi u.

- Yaxshi, - qiz koptokchani olib uni joylashtirdi, - Bir narsani tushunmayapman, biz nega bu yerdamiz?

Jiwon qo'lidagi golf tayoqchasi bilan oq koptokchaga qattiq zarb berdi. U qancha masofaga uchib borishini kuzatar ekan yana nigohini Jungkookga qaratdi.

- Meni o'z kompaniyang xodimiga aylantirding, bugun esa xohishimga qarshi golf o'ynashga olib kelding.

- Avval aytganimdek, hamma narsaga ham qiziqaverma, - Jungkook maysalar ustidan yurgancha o'z koptokchasi tushgan joyga qarab yura boshladi.

Qiz ham uning katta qadamlariga yetish uchun deyarli yugurgancha ortidan ergashdi.

- Bugun kechqurun ziyofatga boramiz. Menga sherik bo'lasan, - Jungkook ortiga qaramay, yo'lida yurgancha dedi, - Bir necha yillik hamkorim tug'ilgan kuni uchun taklifnoma yuboribdi. Huddi bunday axmoqona ishlardan boshqa tashvishim yo'qdek..

Jungkook gapirgan holda yo'lida davom etar ekan, yana bir e'tiroz eshitishni kutgandi. Ammo Jiwonning "bormayman" degan so'zi eshitilmagach, yigit ortidan kelayotgn qizga qarab qo'ymoqchi bo'ldiyu, biroz narida ho'l maysalar sabab yiqilib tushib yerda loy bo'lgancha o'tirgan Jiwonni ko'rdi.

- Demak ziyofat degin, - jahli chiqqani sezilib turgan Jiwon yengiga yuzidagi loyni artishga urindi.

Jungkook jiddiy yuzini saqlab qolishga va uning holatiga kulmaslikka uringancha qizga yaqin kelib qarshisiga o'tirdi.

- Senga o'zim libos tanlab qo'ydim. U allaqachon uyingda.

- Kerak emas. O'zimning ko'ylaklarim bor, - qiz o'sha jahl bilan o'rnidan turdi.

- Yaxshi, ularni hammasini yirtib tashlayman. Bu qiyin ish emas, - yigit qo'lidagi golf tayog'ini yelkasiga tashladi.

Og'ir xo'rsinib qo'ygan Jiwon yana maysalar ustidan yurishni davom etdi.



***

Timeskip ➡️


Tunning havosi bugun ancha yoqimli. Ichkaridan yangrayotgan klassik musiqa sadosi ayvonda ham eshitilmoqda. Ichkarida odam ko'pligi yoqmaganidan keng ayvonga chiqib olgan qiz o'zining sevimlisi bilan, ya'ni qadah to'la vino bilan birgalikda toza havodan bahramand bo'lmoqda. Bu yerda o'zidan tashqari ham bir necha odamlar bor.. ammo ichkaridan ko'ra kamroq. Negadir Jimin ko'rinmayapti. Bazm yaqinda boshlandi, balki endi kelar. Ochiq yelkalari sovuqqotganini his etgach nihoyat ichkariga qaytishga qaror qilgan Yona endigina yurmoqchi bo'lgan edi hamki, baland poshnali tuflisi tasmasi yechilib ketganini his qildi. Uzun etaklar oyoq kiyimini to'sib turibdi. Bir qo'lida hamyoni, ikkinchi qo'lida ichimlik qadahi bo'lgani sabab kichik muammoni hal qilishga uringancha, nima qilishni o'ylab ulgurmay allaqanday yigit uning tuflisi tasmasini qayta bog'lab qo'ydi. Qiz hijolat bilan bu oliyjanob yigitga tepadan qarab turar ekan nigohlarini ko'targan yigit jilmaygancha o'rnidan turdi. *Jin ursin. Uning tabassumi juda yoqimtoy. O'rnidan turganida bo'yi ham anchayin balandligi ma'lum bo'ldi.

- Raxmat, - Yona muloyimlik bilan minnatdorlik bildirdi.

- Chiroyli oyoq kiyim, - o'sha yoqimtoy tabassumi ketmagan yigit ta'rif bergan bo'ldi.

- Ha, - qiz boshqa so'z topa olmadi.

- Sherik bo'lasizmi? - o'tib ketayotgan ofitsant patnisidan ichimlik olgan yigit qadahini Yonaning qo'lidagi qadahga yengil urib qo'ydi, - Ichkari juda shovqin. Menga esa jamoat joylari uncha yoqmaydi. Aftidan sizga ham.

- Biroz. Ho'sh...hozircha bo'shman. Shunday ekan mayli.


***


*Baland poshnalar, mening dushmanim.. Lekin u tanlagan ko'ylak..chindan ham chiroyli edi. Ko'ylak Jungkookning o'z tabiatiga hos tarzda qora rangda.

Ko'rsatilgan manzilga yetib kelgach mashinadan tushgan qiz, qisqa zinalardan chiqqancha eshikdan o'tib katta zalga kirdi.. Faqat notanish chehralar... Turgan joyida nigohlari bilan atrofni kuzatar ekan, shisha qadahdan vino ichayotgan Jungkook, eshik yonida turgan qizni ko'rgach, qadahi labi oldida to'xtab qoldi. Tizzadan biroz baland turgan yelkasini qora tasma iplar ushlab turgan qora rangli ko'ylak kiygan qiz, sochining yarmini yig'ib turmaklagan. Kompaniyadagi xodimlardan biri yordam bergani sabab bugun pardozi ham benuqson chiqqan.. Jungkook sevgan sokinlikni ifodalovchi yorqin jigarrang nigohlari esa odamlar orasida kezmoqda.

*Bu endi jiddiy masalaga aylanmoqda. Unga nisbatan ishtiyoqim xavfli darajaga ko'tarildi.. Men hozirning o'zida shu la'nati libosni yirtib tashlab, u bilan barcha gunohkor tasavvurlarimni amalga oshirishni istayman. Men uni kislorodsiz qoldirganimda, ismim uning betartib nafaslari orasidan qanday eshitilishini ko'rmoqchiman. Buni o'ylashning o'zi ko'ksimni yondirmoqda. U meni nazoratdan chiqarmoqda..Va bu menga yoqadi.



5-qism tugadi...


Imlo xatolarga uchragan bo'lsangiz uzr. Fikrlar bo'lsa kutaman.







Report Page