DARAXTLARGA NISBATAN SHAFQATSIZ MUNOSABATDA BO'LGAN TADBIRKOR 248 mln. 94 ming so'm JARIMAGA TORTILDI

DARAXTLARGA NISBATAN SHAFQATSIZ MUNOSABATDA BO'LGAN TADBIRKOR 248 mln. 94 ming so'm JARIMAGA TORTILDI


Ona tabiatni qo'riqlash, undagi flora va fauna olamini asrash eng dolzarb masalaga aylanib borayotgan bir vaqtda, unga nisbatan bepisand qarashda bo'layotganlar ham uchrab turibdi.

Gap, Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani "Shahriobod" ko'chasi 17-A uyda joylashgan "ASCENDANT GROUP" MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish maydonidagi 6 tup mevali va 4 tup manzarali jami 10 tup daraxtning qurib qolishiga sharoit yaratish holati haqida ketmoqda.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining tuman bo'limi xodimlari tomonidan 2023-yilning 24-fevralida "ASCENDANT GROUP" MCHJ amalga oshirayotgan qurilish maydonidagi jami 30 tup daraxt xatlovdan o'tkazib, "O'simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi va "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-76-son farmonlari qolaversa 2022-yil 22-avgustdagi Vazirlar Mahkamasining 464-son Qarorlariga qat'iy amal qilgan holda daraxt va butalarga shikast yetkazish, daraxtlarni qurib qolishiga sharoit yaratish yoki qurib qolishi uchun kimyoviy moddalarni to'kish hamda daraxtlarni noqonuniy kesilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'lishi mumkinligi to'g'risida ogohlantirilishiga qaramasdan, jamiyat qurilish ishlarini olib borish jarayonida qonun buzilishi holatiga yo'l qo'ydi.

Hududdagi, 3 tup o'rik, 2 tup gilos, 1 tup xurmo daraxtlari hamda 3 tup chinor, 1 tup shumtol daraxtlarining o'sishdan to'xtaydigan darajada shikaslantirilganligi Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining tuman inspektorlari tomonidan aniqlanib, zarar miqdori hisoblanganida 248 mln. 94 ming so'mni tashkil etdi.

Ayni paytda, to'plangan hujjatlarga huquqiy baho berilishi maqsadida, Prokuratura organlariga taqdim etilgan.


 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook

Report Page