DANIYA ONLAYN CHAKANA SAVDOGARLARI O‘ZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARISHNI REJALASHTIRMOQDA

DANIYA ONLAYN CHAKANA SAVDOGARLARI O‘ZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARISHNI REJALASHTIRMOQDA


“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Daniyaning “Auluna Private Lable” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Kristian Aachman bilan uchrashdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi – O‘zbekistonda eko-charm charm mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish.

Auluna Private Lable 1965-yilda Daniyada tashkil etilgan hamda bugungi kunda Skandinaviya va Germaniyada eko-charmdan va toʻqimachilik mahsulotlaridan tayyorlangan kiyimlar boʻyicha onlayn chakana savdo (riteyl) bilan shugʻullanadi. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlari Xitoyda joylashgan. Logistikaning murakkabligi tufayli tovarlar Yevropaga oʻrtacha 6-7 hafta ichida etib boradi. Shu munosabat bilan kompaniya ishlab chiqarishni tashkil etish uchun yangi joy qidirmoqda. Hozirda O‘zbekiston asosiy nomzod.

Investor Oʻzbekistonda charm-poyabzal sanoati jadal rivojlanayotgani haqida eshitgan va ishlab chiqarishning bir qismini Xitoydan Oʻzbekistonga koʻchirish niyatida ekanligini ta'kidladi. Shu maqsadda janob K.Aachmann mamlakatimizdagi biznes muhitini va mintaqaning logistikaga oid xususiyatlarini har tomonlama o‘rganmoqda.

Rejalarda eko-charmdan ustki kiyim-kechak ishlab chiqarishni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, investor O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzal mahsulotlarini namoyish etuvchi ko‘rgazmaviy zal (shourum) Daniyada “O‘zcharmsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda yaratilishi, shuningdek, Skandinaviya yarimoroli mamlakatlarida mahsulotlarni sotish uchun onlayn platforma tashkil etilishi tashabbusini ilgari surdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonda eko-charmdan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha rejani batafsil ishlab chiqishga kelishib oldilar.


Report Page