Customer Lifetime Value
Abdurahmon | Website | SEO | SMM | e-Marketing | Dizayn“Customer Lifetime Value” yoki qisqacha CLV (LTV) — bu mijoz kompaniyaga uzoq muddat davomida qancha umumiy foyda olib kelishini anglatadi. Marketing va biznes strategiyasida bu juda muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Oddiy qilib aytganda, agar bir mijoz sizdan faqat bir marta emas, bir necha bor xizmat yoki mahsulot olsa, uning umumiy qiymati oshadi. Mana shu umumiy qiymat — Customer Lifetime Value deyiladi.
Masalan, web studio faoliyatini olaylik. Agar mijoz sizga birinchi marta sayt buyurtma qilsa va keyinchalik:
- SEO xizmat,
- target reklama,
- SMM,
- texnik qo‘llab-quvvatlash,
- dizayn ishlari
uchun ham murojaat qilsa, u oddiy “bir martalik mijoz” emas, balki yuqori lifetime value’ga ega mijoz hisoblanadi.
Telegram kanal yoki community’ning kuchli tomoni ham aynan shunda. Instagram’da foydalanuvchi reklama postini ko‘rib chiqib ketishi mumkin. Telegram’da esa odam kanalga obuna bo‘lib qoladi va siz bilan uzoq muddat aloqada bo‘ladi. Natijada:
- qayta sotuv,
- qo‘shimcha xizmatlar,
- yangi takliflar,
- aksiyalar
orqali bir foydalanuvchidan olinadigan umumiy daromad oshadi.
Marketing tilida bu juda muhim, chunki ba’zan bizneslar faqat “bir dona lead narxi”ga qarab xulosa qiladi. Aslida esa uzoq muddatda qaysi platforma ko‘proq foyda olib kelayotgani muhimroq bo‘ladi.
Masalan:
- Instagram’dan 100 ta lead keladi, lekin faqat bir marta xarid qiladi.
- Telegram’dan 40 ta lead keladi, lekin ular keyinchalik yana xizmat oladi.
Ikkinchi variant ko‘pincha biznes uchun foydaliroq bo‘ladi. Chunki lifetime value yuqori bo‘ladi.