“Cultural Bridges: Language Connects Us”
TIU🇺🇿 Joriy yilning 15-may kuni Toshkent Xalqaro Universitetida Biznes va innovatsion ta’lim fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan “Cultural Bridges: Language Connects Us” mavzusida xalqaro o’quv-uslubiy hamda madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🌎 Tadbir universitet rektori Yuldashev Iskandar Bahromovichning kirish so‘zi bilan ochib berildilar. O‘z nutqida tadbirning asosiy maqsadi talabalarning xorijiy tillardagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish, mustaqil ta’lim jarayonida egallangan bilim va ko‘nikmalarni amaliy namoyon etish, turli xalqlar madaniyatiga hurmat ruhini shakllantirish hamda xalqaro do‘stlik va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashdan iborat ekanligini ta’kidladi.
✨ Tadbir davomida Janubiy Koreya, Kanada, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Amerika qo’shma shtatlari va Hindiston davlatlarining milliy madaniyati, urf-odatlari, an’analari, milliy taomlari hamda sahna ko‘rinishlari talabalarning ijodiy yondashuvi asosida yorqin tarzda namoyish etildi.
🎭 Ayniqsa, badiiy chiqishlar, milliy raqslar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari hamda ingliz tilidagi ijodiy chiqishlari tadbirga alohida mazmun va ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
👩🏫 Tadbir hakamlari va faxriy mehmonlari sifatida Nigel Wilson (United Kingdom), Taha Shlebik (UK), Ronald Wallace (Scotland), Maria Pilar Escudero (Spain), Kim Minjeong (South Korea), Arturo Morales Tenorio (Mexico), Sunil Verma (India), Dr. Zahra Zarrati (Iran), professor Malohat Baldalbayeva, professor Umida Dushayeva Yusufovna hamda professor Svetlana Xan ishtirok etib, talabalarning ijodiy salohiyati va til ko‘nikmalariga yuqori baho berdilar.
📚 Mazkur tadbir talabalarni mustaqil fikrlashga, jamoaviy ishlashga, xorijiy tillarni amaliy qo‘llashga hamda madaniyatlararo hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy-ma’rifiy platforma bo‘ldi.
🇺🇿 Toshkent Xalqaro Universiteti — bilim, madaniyat va imkoniyatlar uyg‘unlashgan maskan!