#Cry_for_me⛓

#Cry_for_me⛓

Yuseo
- Yoningizda bo'lgan, o'tmishingizni bezovta qilmaydigan va doim borligini his qildirgan insonni bag'ringizga bosing. Chunki sevgi - ishonch bildirmoqdir, davolamoqdir, suyana bilmoqdir...


- Tong, Amerika ko'chalarida allaqachon tong otib ulgurgan, odamlar barvaqt turib ishga, o'qishga yo‘l olishmoqda..

Shunday tonglarning birida, budilnikning baland jaranglagan ovozidan, erinibgina ko‘zlarini ochgan qiz qo‘liga qo‘l telefonini olib 30 marta o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqdan ko‘zlari kattalashib, soatga qaraganida qichqirib yubordi.


Hudoyim! Shu qadar ham omadsiz bolamanmi?! Nahotki bugun reysim borligini unutdim!! Ayshhh.


Tezda o'rnidan turib shoshilgancha o‘tkazib yuborilgan qo‘ngiroq egasiga qo‘ng‘iroq qila boshladi. 1 chi gudok(uzb bilmiman)da telefon ortidan yigitning g'azab bilan baqirgan ovozi eshitildi.


- Jungkook!! Baqiraverma. Mana, mana turdim.


- Sen qizga aql kiradimi yo'qmi? Ma‘suliyatni his qil. Kecha qancha gapirdim, uxlab qolma!! Deb. Dangasa, yalqov!


- Hoy! Meni kamsita ko'rma, po‘stinga somon tiqaman Jungkook.


- Ko‘ramiz. Avval airaportga yetib kel! Agar ketish umiding bo'lsa.


- Ufff. Yaxshi, kut biroz.


Qiz tez tez shoshilgancha hommomga kirib ketdi. Oradan 20 daqiqa o'tkach, tezda kiyim javoni oldiga kelib, qora o'zgacha uslubdagi shim va qo'liga ilingan ust kiyimini olib kiydi. Sochlarini biroz tarab, bir qismini yig'ib oldi.

Qo'liga sumkasi va kalitni olib, jamadonini sudragancha uyni tark etdi.

Sarang


**

- Jungkook.. jungkook


Airaportda har 5 daqiqada qo'l soatiga hamda, kirish eshigiga qarab asabiylashayotgan yigit, ortidan kelgan ovozdan keskin ortiga qarab, o'rnidan turdi.


- Vanihoyat, ertaga kelsang kerak deb o'ylagan edim.

Jungkook


- Kesatma, shu kallangga bir solaymi? Tongda gapirgang gaplaring uchun alamimni olaman hali!


-  Kel, kel! Airaportda urishamizmi?


Jungkook qo'llarini musht tugib, rimda kurash tushayotgan bokschilar sinfari oldi orqaga sakrab biroz boshini pastga egdi.


- Kelaqol! Qani.


- Jungkook, yosh bolamisan? Hozir men tomonidan, bir zarba, va sen Nakaunt!


Sarang Jungkookka yaqin kelib tishlari orasida shu gaplarni aytib, ensasini qotirgancha, qo'llarini bog'lab yurib ketdi. Jungkook unga qarab qolaverdi.

Keyin tezda qizning jamodonini sudragancha unga yetib olib, savol bera ketdi.


- Qachon qaytasan?


- Aniq emas. Ota onamda qanday rejalar borligini bilmayman.


- Qolishing ham mumkinmi?


- Balki. Menimcha yo'q. Meni bilasan, nimadur jig'imga tegsa, tezda kelib olaman. Shundan havotir olma, tez orada qaytaman.


- Balki men ham borarman? Hali ham kech emas.


- Senga nima bor to'nka? Ishkarim tezda bitirib yana kelaman. Shu yerda bo'l! Amerikangga surib yuborma!


- Sen ham qo'lib ketma, yo'qsa ketib qolaman!


- Kelishdik!


Birdan airaportta baland ovozda parvoz vaqtiga daqiqalar qolgani haqida eslatib o'tildi.


- Hayr, dev! Seni sog'inaman..


- Men ham mitti! O'zingni ehtiyot qilgin.


Jungkook qizni avaylab quchdi.


- O'zingni asra, habarlashamiz jungkook.


- Albatta, albatta.


Airapotga chiqib ketar ekanman, eshiklar yopilganidan keyin so'nggi ko'rgan manzaram, jungkookning kulib turgan yuzidan, asta yosh tomchilagani bo'ldi..


Nihoyat! O'z vatanimga qaytyabman. Baribirham, boshqa joylar vataningdan min chandon go'zalroq va tinch bo'lmasin, vataningga boshqacha mehring bo'larkan. Korea mening vatanim, bir bo'lagim, mehrim. Unga bog'langanman. Har kelganimda ko'p hotiralar esimga tushadi. Bolalikdagi sho'xliklarim.. bari, vaqt oqar daryo deb bejizga aytishmaydi. Qanday katta bo'lib qolganimni hatto sezmabman.

Turkiyada daydib yurganimga ham 2 yil bo'libti! Jungkook bilan tanishganimga ham 2 yil bolibti, turkiyaga kelganimdahi 1 chi oyda u bilan uchrashib qolgandik. 2 yildan beri do'stim, ota onamdek meni asraydi.


* Airaportdan jamodonimni sudragancha, qo'llarimni quyoshdan ko'zlarim ustiga qo'yib, soya qilgancha, kelishimni faqat 1 ta insonga aytgandim. Uni qidiryabman)

Yaramas qiz! Haliham kelmabti-da!


Burnimni jiyirib sekin yurib, qo'limga telefonimni olib taksi buyurtma qildim


- Yaxshi qiz, taksi kerak emasmi?


Birdan oldimda qob qora yap yangi mers to'xtadi.

Pastda egilib qarasam, Sera ekan! Xux degancha mashinasini eshigini ochib, o'tirdim.


- Kerak, kerak! Vaqtliroq kelganinda, zo'r bo'lardi-da!


- Ishim chiqib qoldi.

Sera


- Ishli tokis, o'rgildim! Hayda mashinani, uydagilar kutyabti!


Sera birdan haron qaradi.


- Faqat meni habarim bor ediku, qayerdan bilishdi?


-Mendan, o'zim aytib qo'yaqoldim. Ezilib ketdim, qachon kelasan degan savollardan. Jaxl ustida aytib qo'yibman.


Sarang osha voqeani eslab bir kichik ensa qotirdi.


- Qovun


- Haydasang-chi!! Vaqalma.


-Mana, hozir


Sera mashinani o't oldirib, yo'lga tushishdi.


Yo'lda ikkalasi jim ketishardi, Sarang Seraga biroz qarab turib, keyin gapirdi.


- Aytgancha, yalmog'iz! Buyursin qora merslar! Qayerdan bunchaa?


- Otajonimdan, kimdan ham bo'lardi!


- O'tkan hafta video tashlaganingda, boshqa mashina ediku? Haligi, range rover.. midi


- Xaa, u yoqmay qo'ydi. Boshqasini olish kerak degan qarorga keldim.


- Tavbaa, har xafta, yangisini minaverar ekan-da!


- Albatta! Otamga bir og'iz so'zim! Og'zimdan chiqqani muhayyo)


- Tuf tuf ko'z tegmasin!


- Yaaa Sarang!!


Sarang boshini ortga tashlagancha qotib qotib kuldi.

Yo'l bo'yi qizlar, bir biri bilan miriqib suhbat qurib ketishdi.

Nihoyat qasrga ham yetib keldim! Hamma narsa shu holicha, avvalgidek.


Mashinadan tushib 2 yil oldingi hotiralar esga tushib, nim tabassum bilan, burnimni jiyirib qoydim.


Eshiklar ochilib ichkaridan nozik o'ziga qaragan ayol chiqib keldi. Tavba, tavba onamni ham tanimabman! Tanimaganimni Sera sezdi shekilli


- Agar yana biroz yurganingda meni ham tanimasmiding!


- Ochir, onam eshitsa ikkimizni ham sochimizni yuladilar!


Sera keng tabassum qildi.


- Qizalog'im meni, oppog'oyim! Seni shunaqa sog'indim!


- Onajonim-eyy! Men ham sog'indim


Ona bola quchoqlashib ketishdi. Birdan boshqa tarafdan erkak kishing yog'on tomon qirgan ovozi eshitildi.


- Kxm, qizim, meni sog'inmadingmi?


- DADAA! Sizni sog'inmay bo'ladimi!!


Yugurib borib otamni mahkam quchdim. Ularni bag'rilarni eng yaxshi joy men uchun!


Kelganim sharafiga ota onam bazm uyushtirmoqchi bo'lishdi, qarshiligimga aaramasdan otam hatto biznes hamkorlarini ham chaqiribtilar! Exx! Uyimizda ertaga ziyofat ekan.

Serani qistovlari ilaa bugun shopping qilishimiz kerak. Tokcha yonida qo'llarimni engagimga qo'yib sevimli honamda o'ylab o'tirgan edim. Birdan eshikni kimdir tepib kirdi. Vay dod bu qiz meni ado qiladi! Qo'rqqanimdan yuragimni ushlab olibman, tavba!


- Hoy, men senga tayyor bo'lib tur deb sms yozdim!! Nahotki esingdan chiqdi!


- S-seni o'ldirib qo'yaymi! Shu eshikni tepgan oyoqlaringni SERAA


- Sarang turgin orningdan. Asab qilma! Men o'tirib turaman, bor kiyingin.


- Kutib tur!


Sarang endi kiyinish honasiga kirib kiyiniyotganda birdan eshikni Sera ochib qoldi.


- Ufff shu yerda ham tinch qo'yma!


- Voy, haligi, sorry sorry


- Sorryingni pishirib ye. Jim o'tirib tur Seraa


- Bo'pti, bo'pti


Tayyor bo'lib chiqqanimdan keyin, Sera bilan birgalikda shopping ga yo'l oldik.

U doimgidek o'zi yoqtirgan brend tomon ketdi. Albatta bazmga Nike krasofka joger larda bo'lmayman-ku!

Shuning uchun nafis qora rangdagi ko'ylaklar qidirishni boshladim, unchalik ham ochiqlik yoqmaydi, boshqacha jozibador ko'ylak izlayotgan edim. Va nihoyat topdim ham, bir ko'rishda oshiq bo'ldim. Shunchalik nafiski, so'zlashga tilim ojiz. Darrov shuni sotib oldim, shunga moanan tufli ham tanladim albatta.

*Sarang tanlagan ko'ylak


Keyin birdan daydi qiz esimga kelib qoldi. Yaa! Qayerlarda yurgan ekan-a.


Qo'l telefonimni olib unga qo'ng'roq qila boshladim. Telefon ortidan men yoqtirgan ovoz yangradi, jinni qiz bo'lsa ham rosa yaxshi ko'raman!


- Daydi! Qayerkarga ketib qolding, shopping qilib bo'ldim-ku!


- X-xa qora va oq rangidan! Haligi Sarang qaysi dokondasan?


- Chiqayabman!


- Yaxshi. Mashinam oldida ko'rishamiz. Hozir yetib boraman.


- Hop.


Telefonni qo'limga olib sekin uni titkilab, mashina oldida, Serani kuta boshladim. Birdan kimdur ismimni aytib chaqirdi, boshimni ko'tarib qarasam tog'rimda Sera qo'lini ko'tarib, yugurib keyabti. Nim tabassum qilib, yoninga kelishini kutdim

Sera

- Qaraa, nimalar oldim!


- Voy hudoyim, do'konda kiyim qolmaganmi deyman.


- Qo'ysangchii, qo'limga sig'madi-da, attang! Bolmasa yana olardim.


- Shuncha kiyimni nima qilasan? Faqat bazm uchun ko'ylak olgani boramiz deb, kelishgandik-ku?!


- Bularni ko'rib, o'zimni tiyolmadim. Hammasi juda ajoyib.


- Ishqilib, bazmga ko'ylak olding-mi?

Sarang


- Albatta! Serani hotirasini ustidan kulyabsanmi! 10 yil oldingi voqealarni kechagidek eslayman!


Sera ko'zini suzib, oldiga tushib turgan sochlarini qo'li bilan ortiga shartta olib qo'lini beliga qo'yib oldi.

Keyin birdan yomg'ir tomchilay boshladi.


- Qara yomg'ir yog'ayabdi! Bo'l, tezroq mashinani hayda! Ivib ketamiz, hozir.


- Hozir, hozir


Sera yugurib mashinani ochib qo'lidagi haridlarni, orqa o'rindiqqa qo'yib, mashinani o't oldirdi. Oldi o'rindiqqa, Sarang o'tirdi, ular yo'lga tushishdi.


Shu tariqa, kech tushib, tong ham otdi. Sarangning honadonida ertalabdan yugur-yugur, hamma bugungi bo'ladigan bazmga tayyorlanyabdi. Bu uyda beg'am yurgan faqat Sarangning o'zi.


Ertalabdan uyqisirab yotoq kiyimida, ko'zlarini ishqalab, 1-ch qavatga tushib keldi.


- Oyi, nima bo'lyabti! Buncha shovqin.


Xizmatkorlar boshida turib, buyruq berayotgan oyisiga, hayron yuz ifodasida qaradi.


- Bugun bazm-ku qizim! Hamma tayyorlanyabti! Sen ham nonushtangni qolib tayyorlan.


- Nima uchun? Bazmga hali bor-ku!


- Sera qizimni chaqirib qo'yganman! Seni olib ketib, go'zallik saloniga olib boradi, sochlaringizni turmaklatib, bo'yanib kelasizlar!


- Yaa, meni borgim kelmayabti!


- Ko'p gapirma, bo'l, nonushta qil. Qizim kutib qolmasin seni!


Sarang kulib ensa qotirgancha nonushta qildi. Keyin tayyorlanib turganida, pastgi hovlida, baland ovozda, mashina signali chalindi. Sarang lab bo'yog'ini tez-tez oxirigacha surib, yugurib pastga tushib ketdi.


- Nihoyat, bugun vaqtliroq tayyor bo'libsanmi?


- Oyim ertalabdan aytib qo'ygandilar, kesatiqli shirin gaplaringni eshitmaslik uchun tayyorlandim tezroq.


- Barakalla. Qani ketdik.


Sera mashinani o't oldirib, haydab ketdi.


Qizlar kunlarini go'zallik uchun sarflashdi. Kech ham tushdi. 2 qiz qo'zal bo'lib, bazm uchun uyga qaytib kelishdi.

Bazm boshlandi. Qizlar ikkalasi bir-birini qo'lini ushlab davraga kirib kelishdi. Yosh-u qarining ko'zi ularda. Qizlar shunchalik go'zal ediki, hatto gul ham hijolat turardi!

Sera Cailin♡
Sarang♡

Sarang*


Bazimga kirib kelishimiz bilan hammaning ko'zi bizda edi. Hijolat tortgancha atrofdagi odamlarga biroz ko'z yugurtirib chiqayotganimda.. menga tanish, hatto bir vaqtlar yod bo'lib ketgan ko'zlar bilan to'qnashdim..Ko'zlari ham ham o'sha o'sha, mendan ko'zini uzmay turardi. Oldida bir qiz uni turtib, qo'lini ushlaganini ko'rib..

Ichimda nimadir qulaganday bo'ldi..


1-qism tugadi..

Davomi bor!

Report Page