Criminalist Min

Criminalist Min

_𝐌𝐢𝐚 𝐒𝐨𝐮𝐥​_

New #fanfic by #Mia

#Criminalist_Min


#Min_Yoongi #Han_Yeona

20-qism


𝐂𝐫𝐢𝐦𝐢𝐧𝐚𝐥𝐢𝐬𝐭 𝐌𝐢𝐧⛓


Yeona Mango ni vaqtinchalik qamoqxonaga kiritgach, uyiga qaytdi.

Soat 4⁰⁰. Binolar ortidan erinibgina chiqayotgan quyosh va mayin esayotgan salqin shabada insonni ruhan tetiklashtirgandek boʻladi. Yeona mashina oynalarini ochib, biroz boʻlsada muommolarni unutishni istaydi. Qanchalik intilmasin hechnima qilolmayatganini oʻylardi. Politsiyachi boʻlishni oilasini qotilini topish uchun tanladi, Min ni shartiga ham shu sabab rozi boʻldi. Ammo u hech nima qilmayapti? Oilasini butkul unutdi. Han Yeona Han SoHe boʻlib yashashga oʻrgandi. Hayotida boʻlayotgan muommolar uni butunlay oʻzini yoʻqotib qoʻyishga olib keldi. Nima maqsadda edi-yu, hozir nima maqsadda.

Shunchaki oʻzligini unutib, yangi shaxsga aylangan Ham SoHe boʻlib qoldi

Bu yaxshimi? Balki oʻtmishni unutib hozir bilan yashash yaxshidir? Balki butunlay yangi hayot boshlar, Han SoHe boʻlib? Ammo bu notoʻgʻri. U Han Yeona. Oʻsmir yoshida yetimlikni his qilgan Ham Yeona. Qotilni topish uchun barchasiga tayyor boʻlgan Ham Yeona. Yolgʻizlikka hukm qilingan Han Yeona...

***

Min hali koʻkka quyosh chiqmasdan, uygʻondi. Aslida tunda ham doimgidek uxlolmadi. Odatda u birinchi navbatda uyquni tanlardi. U uchun yaxshi va uzoq vaqt uxlash, yaxshi kunni boshlanishiga turtki boʻladi. Ammo bugun u deyarli umuman uxlamadi. Koʻzlarini yumishi bilan Yeona haqida oʻylab, uni qilgan ishidan gʻazablanardi. U Jimin Jeon ga qurollarni yetqazganini politsiyaga Yeona aytgan deb oʻylardi. Aslida esa Yeona bu haqida bilmaydi, hatto u Jimin bilan Jeon ni koʻrgani sabab Jiminni Jeon ning ittifoqdoshi deb oʻylayabti.

Min avval oshxonaga tushib qahva damladi soʻng biroz toza havodan nafas olish uchun tashqariga chiqdi.

Min qahvasidan icharkan toʻgʻrisidagi Yeonani uyiga qaradi. Uyda hali ham mashina kprinmasdi. Demak Yeona hali uyga kelmagan

-axx nahotki ishlash shunchalik qulay? 1 sutka boʻldi. Ammo u hali ham ishidan qaytmadi...) Min xoʻrsingancha uni uyiga qarab turarkan, birdan Yeonani mashinasi uy oldida toʻxtadi. Soʻng mashina eshigi ochilib, Yeona mashinadan tushdi. Yeona mashinadan tushishi bilan Min ni uyiga qaradi. Eshik oldida turgan Min yurib, Yeonani oldiga bordi

-sen qayerda eding? 1sutka davomida tinmay ishlash sogʻliq uchun zararli...) Min Yeonani koyiy boshladi. Yeona esa unga shunchaki tikilib turardi -nima... nimadir boʻldimi? Nega menga unday qarayabsan

-...menda boshqa gaping boʻlmasa biroz dam olmoqchiman

-...yoʻq. Boshqa gapim yoʻq dam olaver

Yeona sekin qadamlar bosib, u ichkarisiga kirib ketdi

Tuni bilan unga boʻlgan voqea haqida tushuntirishni xohlagan Min Yeonani charchaganini koʻrib, unga gapirishni xohlamadi

Pov Yeona 🍃

Men qancha uxlaganimni bilmayman, eshik taqillaganidan uygʻonganimda tashqarida tun hukm surardi. Zinalardan sekin pastga tusharkanman, oʻzimda bosh ogʻrigʻi va holsizlikni his qildim

-hey sen nima qilyabsan?) Birdan ichkariga Min kirib keldi

-nima?

-kuni bilan hechnima qilmading. Yana qayergadir bordingmi?

-toʻxta nimalar deyabsan tushunmayabman? Yaxshisi ket. Nimaga kelding?

-sen 1 sutkalik ishdan qaytding. Ammo menimcha hechnima yemading. Nahotki endi uygʻonding

-yoʻq yoʻq. Iltimos chiq uyimdan) men uyqudan shishgan koʻzlarimni qoʻllarim bilan berkitdim

-demak rost. Koʻzlaringni yashirma... Ular juda chiroyli hatto shishgan boʻlsa ham) Min ni gaplariga unga jim qarab qoldim. Nimaga jim turganimni oʻzim ham tushunmasdim. Shunchaki unga qaragim keldi. Uzoq tikilib oʻtirgim keldi. Ammo u koʻp vaqt oʻtmay gapini davom ettirdi

-shef Min xizmatingizda Yeona xonim

-nima?)undan avvalari bunday mulozamat koʻrmaganim uchun kulib yubordim

-boʻldi. Koʻp gapirmay oʻtir. Menyuga nima istaysan) Min meni divanga oʻtqazarkan

-Min bas qil. Men och emasman

-yolgʻon gapirma...Yaxshi menyusiz men aytgandek tayyorlayman) u shunday deb oshxonaga kirib ketdi

-Min rostdan ham kerak emas

-agar shunchalik mendan hijolat boʻlayotgan boʻlsang birga ovqat tayyorlashimiz mumkin

Men albatta yoʻq deyolmadim. Jilmaygancha uni oldiga borib, sabzavotlarni yuva boshladim

***

-qani ovqatlanishni boshlaymiz) Min ni gapiga jilmayib, tayyorlagan ovqatlarni birma-bir tatib koʻra boshladim. U esa menga tikilib, ovqat haqida fikrimni kutardi

-judayam judayam mazali) u menga javoban jilmayib qoʻydi va oʻzi ham ovqatlanishni boshladi

-Yeona sendan bir narsa soʻramoqchi edim) biz ovqatlanarkanmiz Min menga gapira boshladi

-nima?

-oʻsha kuni Jimin Jungkook ga qurol yetkazganidan politsiya habar topibdi

-tushunmadim? Qanaqa qurol... Jeon Jungkook ni aytyabsanmi?

-sen bu haqida bilmasmiding?

-nimani aytyabsan?...Toʻgʻrisini aytsam qurol omboring porlagan kun. Men Jiminni Jeon bilan birga koʻrdim. U uygacha Jiminni kuzatib qoʻydi. Soʻng huddi yaqin doʻstlardek u bilan hayrlashdi. Bu gʻalati tuyulishi mumkin ammo men Jiminni Jeon ning hamkori deb oʻyladim. Boʻlishi mumkin -ku. Axir politsiya qayerdan bildi seni omboring qayerdaligini) gapimga Min juda qattiq kulib yubordi. Men uni kulishiga tushunmay qarab qoldim

-Yeona axir oʻsha kuni Jimin Jeonga qurol sotgan. Bu haqida men bilardim. Yana hamkor deysan) u kulishda davom etib

-yaaa men qayerdan bilaman. Sen hech qachon qilayotgan ishing haqida gapirmaysan

-...)birdna u kulishdan toʻxtadi -senchi Yeona

-nima men

-sen ham menga hechnima demaysan) u menga yaqinlasha boshladi. Men undan uzoqroq oʻtirish uchun divanda surilarkanman, toʻsatdan devorga uruldim

-Min nima haqida gapiryabsan tushunmayabman

-kechqurun qayerda eding

-ishda

-u yerda nima qilding?

-men Mango ni qoʻlga oldim) men unga gipnoz boʻlgandek gapira boshladim

-nima? Mango ni qoʻlga oldingmi?

-xa... U hozir qamoqda boʻlsa kerak

-bu zoʻrku... Ajoyib. Rahmat Yeona. Bunga shunchaki koʻz yummaganing uchun rahmat)u birdan meni quchib oldi va rahmat ayta boshladi. Men hechnimaga tushunmay qoldim

-xa arzimaydi) men bir qoʻlim bilan yelkasiga ohista urib qoʻydim. Soʻng u meni quchigʻimdan chiqib yuzimga qarab qoldi

-Yeona

-xa...) Unga hayron qarab turarkanman birdan u lablarini meni lablarim bilan birlashtirdi. Men shu zahoti undan oʻzimni olib qochdim -Min nima...) Ammo u gapirishimga qoʻymay, qayta boʻsa ola boshladi. Negaligini bilmadim, ammo men ortiq rad etmay, boʻsalarga javob qaytara boshladim

Han Yeona

Written by miathvsoul

For Universe fanfics babies 🤍

Report Page